Isroilning yangi saylangan prezidenti Ruyevan Rivlin smartfonning old kamerasi orqali o‘zining asosiy raqiblaridan biri – Knesset tarixidagi ilk spiker ayol Daliya Itsik bilan “selfi”ga tushdi. Bu haqda AQShning CNN telekanaliga asoslanib, Kun.uz xabar bermoqda.
Itsik saylovlarning birinchi turi yakunlariga ko‘ra prezidentlik poygasidan chiqib ketgan edi. Oliy adolat sudining iste’fodagi sudyasi Daliya Dorner va kimyo sohasidagi Nobel mukofoti laureati Dana Shextman ham saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Rivlinning eng yaqin ta’qibchisi – so‘l-markazchi «Ha-Tnua» harakatidan saylangan deputat, sobiq moliya, ichki ishlar va adliya vaziri Meir Shitrit saylov davomida 119 ovozdan 53 tasini olgandi. Rivlinni esa palamentning 63 a’zosi qo‘llab-quvvatlagandi.
Avval xabar berilganidek, Isroil prezidenti o‘rnida Rivlin tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi – Shimon Peresni almashtiradi. Peresning yetti yillik vakolati 2014-yilning iyulida yakuniga yetadi.
Izoh (0)