Toshkentdagi Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasida ikki pog‘onali transport chorrahasi qurilishi boshlandi. Qurilish yoz oxirigacha bitishi rejalashtirilgan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Ayni paytda qurilishga tayyorgarlik ishlari bormoqda. Bo‘lajak ko‘prik yo‘l hududida daraxtlar kesildi, piyodalar xiyobonining bir qismi yig‘ishtirildi, sug‘orish tizimi demontaj qilinmoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, ushbu qurilish O‘zbekiston poytaxtida avtomobil transporti harakatini yaxshilash, jumladan yangi chorraha va yo‘llar qurish bo‘yicha yirik loyihaning bir qismidir.
Izoh (0)