Eng yirik aloqa operatori Beeline (Unitel MChJ va “Buzton” QK) Andijon viloyatining Marhamat tumanida qayta tiklash ishlari olib borilayotganini xabar qilmoqda. 31-may, shanba kuni Marhamat tumanidagi shahar binolarining birida yong‘in sodir bo‘ldi, buning natijasida ijaraga olingan tom maydonida Beeline’ning baza stansiyasi ishdan chiqdi.
“Afsuski, yong‘in haqida eshitmagan yaqin oradagi tuman aholisi ham uning oqibatini sezishdi, — voqeani sharhladi Unitel’ning texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Gap shundaki, olovdan deyarli yo‘q bo‘lib ketgan baza stansiyasi asosiy bo‘lib, uning ishdan chiqishi oqibatida, yigirmadan ortiq baza stansiyalari o‘chgan. Albatta, barcha imkoniyatlarni jamlagan holda, uskunalarning ishini yangilash bo‘yicha ulkan harakatlarni amalga oshirmoqdamiz”.
Qayta tiklash ishlarining natijalari haqida kompaniya yaqin vaqt ichida xabar beradi.
Izoh (0)