BMT bosh kotibi Pan Gi Mun metroda yo‘lovchilardan biri bilan suratga tushdi. Telefon orqali olingan surat haqida uning matbuot kotibi Twitter’da xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Pan Gi Mun Nyu-York meriyasiga qarab ketayotgan bo‘lgan. BMT saytida ham tashkilot rahbarining jamoatchilik transportidagi sayohati haqida aytib o‘tilgan.
Metroga bosh kotib o‘zining boshqaruv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Yukio Takasu, matbuot bo‘yicha o‘rinbosari Piter Launski-Tiffental va BMT rasmiy vakili Stefan Dujarrik bilan tushgan.
Izoh (0)