Bugun —29-may kuni Rossiya, Belorussiya va Qozog‘iston Yevrosiyo iqtisodiy forumi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. U 2015-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ittifoqning tuzilishi ishtirokchi mamlakatlarni integratsiyaning yanada yuqori darajasiga chiqaradi. Uch davlat mahsulotlar, xizmatlar, kapitallar va ish kuchining ittifoq doirasida erkin o‘tib yurishini kafolatlash mas’uliyatini oladi.
Rossiya, Belorussiya va Qozog‘iston energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida bahamjihat siyosat olib bormoqchi.
Shu tariqa, MDH hududida eng yirik — 170 million kishilik umumiy bozor shakllanadi, u iqtisodiy taraqqiyotning yangi kuchli markaziga aylanadi.
Izoh (0)