AQShning Arizona shtatida uch yoshli bola o‘zining bir yarim yashar ukasini to‘pponchadan otib qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Baxtsiz hodisa seshanba kuni Peyson shahrida sodir bo‘ldi. Bolalarni onasi qo‘shni xonadonga mehmonga olib borganida, uydagi xonalardan birida ular to‘pponcha topib oladi. Uch yoshli bolakay to‘pponcha tepkisini tasodifan bosib yuboradi, natijada o‘q ukasining boshiga tegadi. Bir yarim yoshli bola zudlik bilan kasalxonaga keltiriladi, biroq ko‘p o‘tmay jon beradi.
Mahalliy politsiya shefi Don Engler voqeaning tasodif ekanini bildirib, tergov ishlari bir haftalarga cho‘zilishini aytdi. “Biz qo‘shni uy egasi qanday qilib to‘pponchaga ega bo‘lgani va u bolalarning qo‘liga qanday tushib qolgani ustida izlanish olib boryapmiz”, — dedi u.
Izoh (0)