Turkiyaning Izmir shahri yaqinidagi qishloqda g‘aroyib jonzot dunyoga keldi. Veterinarlar mahalliy fermerning qo‘yi odam qiyofasidagi qo‘zichoqni dunyoga keltirganini ko‘rib hayratga tushgan. Yangi tug‘ilgan hayvonda odamnikiga o‘xshash burun, lab va iyak bo‘lgan. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashri ma’lumotiga asoslanib Pressnews xabar berdi.
Videoda qo‘zichoq odam yuziga egaligi ko‘rinib turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘yning bu qo‘zichoqqa bo‘lgan homiladorligi qiyin kechgan va veterinarlar tug‘ruqni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirgan.
Shifokorlar nima uchun qo‘zichoq odam qiyofasida ekanligini izohlay olmagan. Taxminlarga ko‘ra, qo‘zichoqning onasiga me’yordan ortiq A vitamini berilgan. Nashrning qayd etishicha, qo‘zichoq o‘lik holatda tug‘ilgan.
Izoh (0)