• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Andijon

    Andijondagi barcha xalq deputatlari kengashlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan mahalliy byudjetni bir kunda tasdiqladi

    Andijonning barcha xalq deputatlari kengashlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan mahalliy byudjetni bir kunda tasdiqladi. Bu Byudjet kodeksi talablariga mutlaqo zid. 

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qarorlar loyihalari 2024-yilning 27-dekabr kuni joylashtirilgan. Muhokama muddati 2025-yilning 11-yanvarigacha etib belgilangan bo‘lsa-da, ular bir kun ichida kelishilgan hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

    Skrinshot: e-qaror.gov.uz

    Bir kunda ishlab chiqilgan, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va qabul qilingan

    27—28-dekabr kunlari Andijon viloyatidagi barcha shahar va tumanlarining xalq deputatlari kengashlari raislari hududlarning 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlashga oid qarorlarini imzoladi.

    Qarorlar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi  qonuni hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VII-3-046-1-0-K/24—son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

    Ma’lumot uchun, kengash qarori 15-noyabrdan 30-noyabrgacha bo‘lgan muddatda umumxalq muhokamasidan o‘tkazilgan.

    Byudjet kodeksi talablari qanday?

    Kengashlarning ushbu normativ-huquqiy hujjat tusidagi qarorlari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmasdan qabul qilingan. 

    Byudjet kodeksi 99-moddasi
    Skrinshot: lex.uz

    Vaholanki, Byudjet kodeksining 99-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan tuman va shahar hokimliklari 10-oktyabrdan kechiktirmay loyihalarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirishi lozim edi.

    Shuningdek, Byudjet kodeksida qaror loyihalari jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo‘yicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta ko‘rib chiqilib, 1-noyabrdan kechiktirmay tegishincha xalq deputatlari tumanlar va shaharlar kengashlariga kiritilishi belgilangan. 

    Adliya bo‘limlari huquqiy ekspertizadan o‘tkazgan

    Bundan tashqari, nizomga asosan mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati jamoatchilik muhokamasi yakunlangandan so‘ng loyiha bo‘yicha belgilangan tartibda xulosa tuzishi hamda loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun hududiy adliya organlariga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda kiritishi shartligi belgilangan.

    Ana shundan so‘ng, adliya organlari huquqiy ekspertizadan o‘tkazib, loyiha qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lsa, xulosa berishi kerak. Agarda loyiha bo‘yicha taklif va e’tirozlar mavjud bo‘lganida, loyihani mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmatiga qaytarishi zarur.

    Afsuski, hududlardagi adliya bo‘limlari boshliqlari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmagan qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazib, maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa berishgan.

    Bundan tashqari, qarorlarda ularning kuchga kirish muddati ko‘rsatilmagan.

    Jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilgach qarorlar qayta qabul qilinadimi?

    O‘rganishlar davomida jamoatchilik muhokamasi portalida qarorlar loyihalari ular qabul qilinib bo‘lgandan so‘ng, o‘sha kunning o‘zida, ya’ni 2024-yilning 27-dekabr kuni joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Muhokama muddati 2025-yilning 11-yanvarigacha etib belgilangan.

    Skrinshot: regulation.gov.uz

    Ammo qarorlar bir kun davomida ishlab chiqilgan, kelishilgan hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan. Jamoatchilik muhokamasiga ham shu kunning o‘zida joylashtirilgan.

    Bundan tashqari, qarorlar kengashlar raislari tomonidan sessiya o‘tkazilmasdan va deputatlar tomonidan tasdiqlanmasdan qabul qilingan.

    Natijada shoshilinch qabul qilingan qarorlar orqali bir qancha qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

    Muhokamadan o‘tkazilmagan qarorlar qonunchilikka zid emasmi?

    Jamoatchilik muhokamasi davomida qarorlar yuzasidan taklif va shikoyatlar tushsa qanday bartaraf etiladi? Qarorlar qayta qabul qilinadimi?

    Qaror loyihasi nega avvalroq muhokamadan o‘tkazilmagan?  

    Tuman adliya bo‘limlari nega muhokamadan o‘tkazilmagan qarorlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazdi?

    “Daryo” shu va mavzu doirasidagi boshqa savollarga Adliya vazirligidan javob kutib qoladi.

     

    8 yanvar, 17:48   Izoh (0)   6884
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Andijon#e-qaror#byudjet

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident tashabbusi bilan bosh vazir o‘tkazgan 17-apreldagi tarixiy videoselektor. Stenogramma

    18.04.2018, 10:52

    “Go‘yoki Islom Karimov hozir zalga kirib keladigandek”. Besh yil avval Shavkat Mirziyoyevga prezident vazifasini bajarish yuklatilgan edi. Tarixiy majlisdan report...

    08.09.2021, 07:52

    Katta mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanayotgan Andijon shahri hokimi ushlab turilgan paytda qarorlarga imzo chekkani ma’lum bo‘ldi

    08.06.2022, 10:57

    Andijon shahri hokimi qamoqdaligida uning nomidan hokimlik devonxonasi mudiri hujjatlarni imzolagani ma’lum bo‘ldi

    09.06.2022, 11:56

    Andijonning yangi hokimi sobiq hokim qamoqdaligida qabul qilingan qarorlarni bekor qildi

    20.06.2022, 10:07

    Andijon hokimi prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Qarorida vazirlarga, Toshkent shahar hokimiga topshiriq berdi

    12.07.2022, 21:05

    Adliya vazirligi E-qaror tizimida ayrim hujjatlar yo‘qolib qolganiga munosabat bildirdi

    10.11.2022, 17:30

    Yil boshidan beri O‘zbekistonda bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar qanday o‘zgardi?

    11.11.2022, 23:20

    Andijonda prokurorning xizmat uyini jihozlashga 45 million so‘m ajratildi

    25.07.2023, 18:57

    Andijon shahrida jamoat transportida yurish narxlari o‘zgardi. Biroq hokimlik buni OAVda e’lon qilmadi

    17.09.2023, 10:25

    Toshkentda ichimlik va oqova suvi bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

    25.11.2023, 13:04

    Berilmagan qizil kartochka, noto‘g‘ri belgilangan penalti va qo‘pollik orqali urilgan gol. Ekspert-hakamlar xulosasi e’lon qilindi

    02.07.2024, 17:00

    MIBdan 7 milliardga yaqin qarzdorligi bor Andijon tumani hokimi Captiva 5 sotib oldi va bu qarorni yashirib qo‘ydi

    06.11.2024, 17:59

    “Daryo”dagi maqoladan so‘ng Andijon tumani hokimining Captiva-5 sotib olish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinishiga oid taqdimnoma kiritildi

    20.11.2024, 16:25

    Andijonda 2024-yilning 11 oyi davomida YTHlar oqibatida 28 nafar bola vafot etgan

    3 yanvar, 11:27

    “O‘zgidromet” 4-yanvarda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    3 yanvar, 11:50

    O‘rmon xo‘jaligi agentligiga vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    3 yanvar, 14:55

    2025-yilda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida qanday yangiliklar kutilmoqda? 

    4 yanvar, 13:10

    Surxondaryoda xususiy korxona hisobidagi 60 mln so‘mni o‘zlashtirgan “Xalq banki” xodimiga sud hukmi o‘qildi

    4 yanvar, 14:14

    Rossiya armiyasida Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi 

    4 yanvar, 22:25

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

    5 yanvar, 12:40

    O‘zbekiston ayrim hududlarida 7-yanvar kuni yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda

    6 yanvar, 11:42

    “Kolxoz” raisidan bir oyog‘i Amerikadagi savolgacha — 2024-yilda amaldorlar tomonidan aytilgan “qanotli” iboralar

    6 yanvar, 16:04

    Andijondagi xonadonda gaz portladi

    6 yanvar, 14:55

    “O‘zgidromet” 8-yanvarda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    7 yanvar, 12:17

    Andijonda to‘y korteji sababli kuyov 27 mln so‘m jarimaga tortildi

    7 yanvar, 21:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.