• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bill Geyts o‘zining deyarli barcha boyligini kambag‘al va bemorlarga tarqatish niyatida

    Microsoft asoschisi va milliarder Bill Geyts keyingi yigirma yil ichida o‘z boyligining 99 foizini xayriya ishlariga sarflashga qaror qilganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining veb-saytida ma’lum qilgan.

    Foto: Achmad Ibrahim/AP/
    “Vafotimdan so‘ng, men haqimda turli gaplar aytilishi mumkin. Lekin men haqimda “u boy bo‘lib o‘ldi”, degan gapni aytilmasligiga qat’iy azm qilganman”, deydi Bill Geyts.

    U shu bilan birga amerikalik magnat va xayriyachi Endryu Karnegining “boy bo‘lib o‘lgan odam sharmanda bo‘lib o‘ladi”, degan so‘zlarini keltirgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Geyts o‘z pulining 99 foizini tarqatsa ham, baribir milliarder bo‘lib qoladi. U o‘z qarori haqidagi matnda hozirda uning boyligi 108 milliard dollarga baholanayotganini ko‘rsatuvchi grafikni joylashtirgan.

    Geytslar jamg‘armasi (Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi) uzoq vaqtdan beri sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni moliyalashtirib kelmoqda.

    Microsoft asoschisining tushuntirishicha, u xarajatlarni tezlashtirishga qaror qilgan: ilgari u rafiqasi bilan jamg‘arma ular vafotidan keyin o‘nlab yillar davomida ishlashini rejalashtirgan bo‘lsa, endi jamg‘arma barcha mablag‘larni tarqatib, 2045-yilda faoliyatini yakunlashini qaror qilgan.

    Bill Geyts bu yil kuzda o‘zining 70 yoshini qarshilaydi.

    Milliarderning hisob-kitoblariga ko‘ra, 20 yil ichida uning jamg‘armasi taxminan 200 milliard dollar sarflaydi va yakuniy summa bozor holati va inflyatsiyaga bog‘liq bo‘ladi. 25 yillik faoliyati davomida Geytslar jamg‘armasi allaqachon turli mamlakatlarda sog‘liqni saqlash va rivojlanish uchun 100 milliard ajratgan.

    “Kelgusi yigirma yil ichida jamg‘arma uchta asosiy maqsadni ko‘zlaydi. Oldini olish mumkin bo‘lgan, ammo hali ham onalar va bolalar o‘limiga sabab bo‘layotgan kasalliklarni bartaraf etish, bezgak va qizamiq kabi yuqumli kasalliklar ustidan g‘alaba qozonish, hamda turli mamlakatlardagi yuz millionlab aholini qashshoqlikdan qutqarish”, deydi u o‘z bayonotida.

    BBC’ga bergan intervyusida bu qarorga nima sabab bo‘lgani haqidagi savolga javoban Geyts yigirma yildan so‘ng dunyoda boshqa boy odamlar paydo bo‘lishini va ular odamlarga muammolarni hal qilishda qanday yordam berishni yaxshiroq tushunishini aytgan.

    “Bu yerda gap shoshilinchlikda. Agar abadiy yashamoqchi bo‘lmasak, ko‘proq mablag‘ sarflashimiz mumkin va bu xarajatlar mening qadriyatlarimga mos kelishini bilaman”, dedi Geyts.

    Bill Geyts va Pol Allen 1975-yilda Microsoft kompaniyasiga asos solgan. Bu yil kompyuter va axborot texnologiyalari olamidagi bu gigant yarim asrga to‘ladi. Geytsning o‘zi 2000-yilda kompaniya bosh direktori lavozimidan, 2014-yilda boshqaruv raisi lavozimidan, 2020-yilda esa direktorlar kengashidan ketgan.

    9 may, 18:35   Izoh (0)   2685
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bill#Geyts#milliarder#Microsoft

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Forbes ro‘yxatiga kirgan milliarderlarning rafiqalari qanday yashaydi?

    12.04.2023, 12:34

    Diet Cola’ga qaramlik, ochlik va qaynatilgan tuxum:  Dunyodagi eng badavlat insonlar qanday ovqatlanadi?

    12.04.2023, 17:50

    Bill Geyts Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashmoqchi — OAV

    16.06.2023, 15:21

    Bankdagi hisob-raqamida millionlab dollarlar bo‘lishiga qaramay kamtarona hayot kechiradigan mashhur insonlar (foto)

    31.08.2023, 15:34

    “Sun’iy intellekt tufayli insoniyat uch kunlik ish haftasiga o‘tadi” — Bill Geyts

    24.11.2023, 15:15

    Yozgi topshiriq: Bill Geyts hamma o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi

    25.05.2024, 12:45

    Dunyoning eng badavlat insonlari egalik qiladigan noyob villa va qasrlar (foto)

    29.11.2024, 14:53

    Milliarderlar kadrda: kinoda suratga tushgan dunyoning eng badavlat odamlari

    06.12.2024, 09:36

    Bill Geyts tavsiya qiladi: hamma o‘qishi kerak bo‘lgan beshta qiziqarli kitob

    07.12.2024, 14:10

    Ikkichi milliarderlar: ko‘pchilikni hayratga soladigan 4 ta muvaffaqiyat tarixi

    20 yanvar, 13:42

    Milliarder Bill Geyts hayotidagi eng katta xatosi haqida so‘zlab berdi

    29 yanvar, 17:45

    Bir kecha uchun kamida 8 ming dollar: Jahon yulduzlari dam oladigan dunyoning eng qimmat kurortlari

    24 mart, 21:51

    Sayyoradagi eng badavlat insonlardan biri Jeff Bezos uylanmoqda

    25 mart, 15:17

    Faqat uchtasi saqlanib qoladi: Bill Geyts kelajakda barcha kasblarning yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qildi

    3 aprel, 12:50

    “AQSH yangi bojlari bilan iqtisodiy yadro urushini boshlaydi” — amerikalik milliarder

    7 aprel, 12:30

    Dunyodagi eng qimmat uylar qanday ko‘rinishda va kimlarga tegishli?

    10 aprel, 14:56

    Bill Geyts farzandlarini merosdan mahrum qildi. Milliarder pullari kimga qolishini aytdi 

    11 aprel, 15:55

    Suratga olish maydonchasida janjallashib, dushmanga aylangan Gollivud aktyorlari

    9 may, 15:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar nafaqasi: 2024-yil yanvardan beri qancha oilaga to‘lov to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 5 iyun, 10:55

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30

    O‘zbekistonda oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul boshlandi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:45

    Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qanday nonushta qilish kerak? Mutaxassislar maslahati

    Layfstayl | 5 iyun, 10:37

    Putin “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi uchun Ukrainaga javob qaytarilishini aytdi

    Dunyo | 5 iyun, 10:31

    Toshkentda Qurbon hayiti namozi sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:12

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 5 iyun, 10:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.