• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston yerosti boyliklari mamlakatga zarar yetkazishi mumkin”. Tadqiqotchi bunga olib boradigan sabablarni sanadi

    O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha beshinchi, oltin qazib olishda esa o‘ninchi o‘rinni band etgan. Hukumat so‘nggi yillarda mis konlarini o‘zlashtirishga ham jiddiy ahamiyat qaratmoqda. Bularning bari davlatni mineral resurslar bozorida yirik o‘yinchiga aylantirishi mumkin. “Ammo tog‘-kon sanoati faqat qazib olishdan iborat emas. Samarali boshqaruv, prioritetlarni to‘g‘ri belgilash hamda qat’iy standartlarsiz u ekologiyaga misli ko‘rilmagan zarar yetkazishi, hatto iqtisodiy farovonlikka chang solishi mumkin”, deydi Nodir Ro‘zmetov “Markaziy Osiyo kritik minerallari” mavzusida o‘tkazgan tadqiqotida. “Daryo” tadqiqotchining fikrlarini o‘zbek tiliga to‘lig‘icha tarjima qildi.

    Mamlakat tanlov yoqasida turibdi. Toza energiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan minerallarga global talab misli ko‘rilmagan darajada oshib bormoqda. Oltin, mis, litiy va boshqa nodir yer elementlariga boy O‘zbekistonda dunyoning yetakchi ta’minotchilaridan biriga aylanish imkoniyati bor. Ammo tarix ko‘rsatganidek, bunday resurslar ikki tomonlama ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.

    Elektromobillar, qayta tiklanuvchi energiya va raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayoni sabab muhim minerallarga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshdi. O‘zbekiston 2024-yilda dunyodagi o‘nta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi davlat qatoriga kirdi. Qolaversa, mamlakat mis eksportini oshirib bormoqda. Endi esa u o‘zining hali o‘zlashtirilmagan muhim minerallari va nodir yer elementlari zaxiralaridan foydalangan holda global bozorga chiqishi mumkin. Agar jarayon to‘g‘ri boshqarilsa, mamlakatga milliardlab dollar sarmoya jalb qilinadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi mavqeyi mustahkamlanadi.

    Biroq xavf ham katta. Sababi tabiiy resurslarga boy mamlakatlar ko‘pincha “resurs qarg‘ishi” deb nomlanuvchi holatga duch keladi — iqtisodiy o‘sish ortidan ekologik halokat, korrupsiya va beqarorlik kelib chiqadi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Xususan, Qozog‘istonning sanoat chiqindilari Sirdaryo daryosini ifloslantirib, chegaralarni kesib o‘tuvchi suvlar bilan muammo keltirib chiqarmoqda. Og‘ir metallar, mishyak va boshqa zaharli moddalar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va jamoat salomatligiga tahdid solmoqda. Agar tog‘-kon sanoati qat’iy ekologik choralarsiz kengaytirilsa, noyob iqtisodiy imkoniyat ekologik falokatga aylanishi mumkin.

    Tyan-Shan tog‘laridan boshlanib, 2 212 kilometrga cho‘zilgan Sirdaryo daryosi 
    Foto: Dunyo uz

    O‘zbekistonning konchilik ambitsiyalari atrof-muhit muammolari bilan bog‘liq holda keng muhokama qilinadigan “umumiy boyliklar fojiasi”ga o‘xshaydi. Unga ko‘ra, agar alohida manfaatdor tomonlar qisqa muddatli foydani uzoq muddatli barqarorlikdan ustun qo‘ysa, suv va havo kabi umumiy resurslar tiklab bo‘lmaydigan darajada zarar ko‘radi. Sirdaryo inqirozi bunga aniq misol bo‘la oladi.

    Tarixda ham bunday mojarolar ko‘p uchragan. AQSH va Meksikaning Kolorado daryosi bo‘yicha kelishmovchiliklarini misol keltira olamiz. Daryoning yuqori oqimida nazoratsiz foydalanish quyi hududlarda suv tanqisligiga olib keldi. Oxir-oqibat, ikki mamlakat suvni adolatli taqsimlash va boshqarish bo‘yicha qat’iy kelishuvlarga erishdi.

    Xuddi shunday vaziyat Mekong daryosida ham kuzatilgan. Xitoyning yuqori oqimdagi to‘g‘onlari Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida suv sathining keskin pasayishiga sabab bo‘ldi, bu esa qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazmasdan qolmadi. Mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha imzolangan kelishuvlar boshqaruvni yaxshilashga yordam berdi. O‘zbekiston ham shunday yondashuvlardan saboq olib, moslashuvchan strategiyalarni amalga joriy qilishi mumkin.

    Uzunligi bo‘yicha 12-o‘rinda turadigan Mekong daryosi
    Foto: Tarmoqdan

    Markaziy Osiyodagi eng mashhur ekologik halokat Orol dengizining qurishi. U sanoatni noto‘g‘ri boshqarish qanday oqibatlarga olib kelishiga yaqqol misolidir. Bir paytlar dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l bo‘lgan Orol dengizining hozirda atigi 10 foizigina saqlanib qolgan. Bu holat daryo suvlarining paxta yetishtirish uchun katta hajmda yo‘naltirilishi sabab yuzaga keldi. Orolning qurishi mahalliy iqtisodiyotlarni inqirozga olib keldi, biologik xilma-xillikni yo‘q qildi va salomatlik uchun xavfli bo‘lgan zaharli chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Bu fojia O‘zbekiston uchun ogohlantiruvchi darsdir. U nodir minerallar sohasini rivojlantirishda ehtiyotkorlik zarurligini ko‘rsatadi.

    O‘zbekistonning kelajagi faqat yer osti resurslariga emas, balki ularni boshqarishda qanday siyosat yuritilishiga bog‘liq bo‘ladi. Hukumat atrof-muhitni muhofaza qilish va uzoq muddatli iqtisodiy muvaffaqiyatni ta’minlash uchun bir nechta muhim yo‘nalishda qat’iy choralar ko‘rishi kerak.

    Birinchi navbatda O‘zbekiston qo‘shni Qozog‘iston bilan sanoat chiqindilarini tartibga solish va umumiy suv resurslarini ifloslanishdan himoyalash bo‘yicha majburiy kelishuvlar tuzishi kerak. Diplomatik muzokaralar real vaqt rejimida suvni kuzatish texnologiyalarini ham nazarda tutishi zarur, bu esa ekologik boshqaruvda shaffoflik va javobgarlikni ta’minlaydi.

    Tog‘-kon loyihalari qat’iy ekologik standartlarga muvofiq amalga oshirilishi shart. Kompaniyalar faoliyat yuritish uchun ruxsatnomani faqat to‘liq ekologik ekspertizadan so‘ng oladigan tizim zarur. Barqarorlik me’yorlarini buzganlar uchun moliyaviy jarimalar joriy etilishi lozim. O‘zbekiston ekologiya va salomatlikni foydadan ustun qo‘yishi shart.

    Bundan tashqari atrof-muhitga zararlarni kamaytirish uchun suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarga sarmoya kiritish lozim. Suvni qayta ishlash tizimlari, quruq chiqindilarni saqlash hamda ilg‘or filtratsiya usullaridan muvaffaqiyatli foydalanib kelayotgan Kanada va Avstraliya bu borada dars bo‘la oladi.

    Mintaqaviy hamkorlik ustuvor bo‘lishi kerak. Markaziy Osiyodagi suv mojarolari yangilik emas. Ammo O‘zbekiston bu borada barqaror boshqaruvni ilgari surib, yetakchilik qilishi mumkin. Suvni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiya kabi tashkilotlar bilan aloqalarni kuchaytirish resurslarning adolatli taqsimoti va atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Suv taqsimotida yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar sabab Orol dengizining qurib borishi
    Foto: Google Images

    Shu bilan birga O‘zbekiston hukumati ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlashga sarmoya kiritishi lozim. Xomashyo eksportchisigina bo‘lib qolmaslik uchun universitetlar, texnologik kompaniyalar va soha mutaxassislari bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimdir.

    Eng muhimi, jamoatchilik ishtirokini ta’minlash zarur. Yirik tog‘-kon loyihalarini tasdiqlashdan oldin ochiq eshituvlar va faollar bilan maslahatlashuvlar standart amaliyotga aylanishi kerak.

    O‘zbekistonning muhim minerallar bozoridagi kelajagi porloq bo‘lishi mumkin — lekin faqat strategiyaning markazida barqarorlik tursa.

    25 mart, 22:45   Izoh (1)   7056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston#tog‘-kon#oltin

    Izoh (1)

    Kirish
    1. / 26 mart, 12:39

      Gap bir necha trillion-dollarlik zaxiralar haqida ketmoqda. Albatta, ekologik jihatlarga ham e’tibor berish shart.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.