• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom Karimov Sebzordagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi (foto)

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 12-may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xadra maydonida 2013-yili ulkan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan edi. Aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida Furqat ko‘chasini Zarqaynar va Sebzor ko‘chalari bilan bog‘laydigan yer osti avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilingandi. Buning uzviy davomi sifatida Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Abdulla Qodiriy ko‘chasi ustidan o‘tadigan yangi ko‘prik qurildi.

    Prezident Islom Karimov 12-may kuni ushbu ko‘prikni borib ko‘rdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Davlat rahbari tashabbusi bilan bu yerda eni 26, uzunligi qariyb 500 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik bunyod etildi. Abdulla Qodiriy ko‘chasining har bir yo‘nalishi to‘rt polosali qilib kengaytirildi.

    Shu paytgacha Sebzor ko‘chasining o‘tkazuvchanlik imkoniyati soatiga 3200 avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, 6 qatorli ko‘prik qurilishi samarasida bu ko‘rsatkich 9800 taga yetadi. Abdulla Qodiriy ko‘chasida ham endi avtomobillar qatnovi 2400 tadan 5600 taga ortadi. Bu nafaqat ushbu chorrahadagi tirbandlikni bartaraf etadi, balki Nurafshon, Abay, Olmazor, Zulfiyaxonim, Qorasaroy, Sag‘bon, Zarqaynar, Navoiy, Saqichmon ko‘chalaridagi qatnovga ham ijobiy ta’sir qiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    E’tiborlisi, shunday katta chorrahada bironta ham svetofor yo‘q. Yo‘lovchilar ham, avtomobillar ham bu yerda to‘xtovsiz va xavfsiz harakatlana oladi.

    Prezident bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, yo‘lsoz va quruvchilarning mehnatiga yuksak baho berdi.

    Bu gal O‘zbekiston yo‘lsozligida yana bir yangilikka qo‘l urildi – ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun 102 va 111 metrlik ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etildi. Ularga chiqib-tushish uchun zinapoya bilan birga eskalator va lift ham qurilgan. Ularda yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari ham o‘rnatilgan. Bunday zamonaviy, odamlar uchun barcha qulayliklar e’tiborga olingan ko‘prik-inshootlar dunyoning ba’zi megapolislaridagina mavjud. Shuni ham ta’kidlash kerakki, bu inshoot mamlakatda keksalarni e’zozlash, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Sebzor ko‘chasi orqali 98 metrlik yana bir yer osti yo‘li barpo etilgach, piyodalarga chorrahaning to‘rtala tomoniga ham xavfsiz o‘tish imkoniyati yaratildi.

    Prezident shu atrofda istiqomat qilayotgan faxriylar va yoshlar bilan suhbatlashdi.

    – Eski shahar aholisi asrlar davomida ko‘rimsiz uylarda yashab kelgan, u yerda bironta yangi qurilish bo‘lmagan, – dedi Islom Karimov. – Bu masalani atroflicha o‘rganib, Eski shaharni qayta qurishning bosh rejasini ishlab chiqdik. Unga ko‘ra, yangi yo‘llar, ko‘priklar, zamonaviy uylar, kommunikatsiyalar barpo etilmoqda. Endi Eski shaharni “Eski shahar” deyish to‘g‘ri kelmaydi. Yaqin yillar ichida bu joy hamma havas qiladigan zamonaviy maskanga aylanadi.

    13.05.2015, 08:18   Izoh (0)   51154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda to‘lov terminallari soni 180 ming donaga yetkaziladi

    12.05.2015, 22:52

    O‘zbekistonga Xitoy delegatsiyasi tashrif buyuradi

    12.05.2015, 15:21

    O‘zbekistonga Portugaliya delegatsiyasi tashrif buyuradi

    12.05.2015, 13:09

    Toshkentda sport tibbiyoti markazi ochildi

    12.05.2015, 11:24

    Toshkentning turar joy dahalariga 30 dan ortiq ko‘p qavatli avtoturargohlar joylashtirish taklif etiladi

    12.05.2015, 08:31

    Boeing-767-300BCF avialayneri Navoiy—Shanxay yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashish parvozini boshladi

    12.05.2015, 08:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.