Armanistonning Yerevan shahrida xokkey bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining IV divizion bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallab, III “B” divizionga yo‘l oldi.
O‘zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempionatining IV divizioni, so‘nggi turi doirasida Malayziyaga qarshi muzga chiqdi va 18:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yin yakuniga ko‘ra, terma jamoa ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi va o‘z guruhida birinchi o‘rindan joy oldi.
Endi xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi mavsumda jahon chempionatining III “B” divizionida ishtirok etadi. Chempionat yakunida o‘zbekistonlik darvozabon Rustam Irgashev jamoa safidagi eng yaxshi xokkeychi deb tan olindi.
Jahon chempionatining IV divizionining beshinchi tur yakuniga ko‘ra, Armaniston 12 ochkoga ega bo‘lib, 2-o‘rindan joy oldi. Kuvayt 11 ochko jamg‘arib, “kuchli uchlik”ni yakunladi.
Shuningdek, Indoneziya 6, Eron 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 4-5 pog‘onada qoldi. Malayziyalik xokkeychilar birorta ochkoni qo‘lga kirita olmadi va guruhni autsayder sifatida yakunladi.
Izoh (0)