• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Rafiqasi va qizini tuproqqa qo‘ygan hamda “dunyodagi eng g‘amgin inson”ga aylangan Kianu Rivz 60 yoshda (foto)

    “Gollivuddagi eng qayg‘uli yigit” va “Eng mashhur sargardon” nomini olgan Kianu Rivzning hayotida ro‘y bergan ko‘ngilsizliklar unga tamoman kulishni unuttirdi. Ammo yillar o‘tib, yana tabassum qilishni o‘rgatgan inson kimligi haqidagi qiziqarli hikoyani e’tiboringizga havola etamiz.

    Foto: Grazia

    “Tog‘ cho‘qqilaridan sovuq shamol”

    Kianu 1964-yilning 2-sentyabrida Livanda tug‘ilgan. Gavayi tilidan tarjima qilinganda “tog‘ cho‘qqilaridan sovuq shamol” degan ma’noni anglatuvchi Kianu ismini unga otasi qo‘ygan. Afsuski, bu uning o‘g‘liga qoldirgan yagona narsasi edi. Kianu uch yoshga to‘lganida ota-onasi ajrashib ketgan. Onasi Patrisiya yoshligida raqqosa bo‘lgan, keyin liboslar dizayneri sifatida faoliyat yuritgan. U  intervyusida hech qachon o‘zini namunali ona deb hisoblamasligini, o‘g‘li va qizining ulg‘ayishini shunchaki kuzatayotganini ham yashirmagan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i kinorejissyor Pol Aaron uning butun oilasini o‘z vatani — Kanadaga ko‘chirib ketgan.

    Foto: Grazia

    Disleksiya va xokkey

    Kianu ulg‘aydi, maktabga bordi va u yerda to‘satdan disleksiya deb ataladigan muammoga duch keldi. U besh yil ichida to‘rtta maktabni o‘zgartirdi. Chunki o‘qituvchilar uning o‘ziga xosligini tan olishni xohlamadi, ularning talabi hamma kabi bo‘lish edi. Shikoyatlar va muvaffaqiyatsizliklar yosh Kianuni sindira olmadi: u xokkeyga qiziqa boshladi. Muz ustida chaqqon, kuchli, tez harakat qilardi. Ammo bir kuni u jarohat oldi va klub bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.

    Foto: Grazia

    Maktabni tashlab

    Biroq o‘sha paytga kelib, Kianu boshqa sevimli mashg‘ulot topgandi: u havaskorlar teatrida o‘ynay boshladi. 15 yoshida “Romeo va Julyetta” da Merkutsio rolini o‘ynab, o‘zining mahoratini namoyon qildi. Bu orada maktabdagi darslar hali ham yaxshi emasdi va bir kuni Kianu aktyor bo‘lish orzusida o‘qishni tashlab ketdi. Va bu maqsad yo‘lida shunchaki yurmadi: qayerda bo‘lsa ham, pul topishga harakat qildi. U restoranda ishladi — spagetti tayyorladi. Daraxtlarni kesdi va maysazorlarni tekisladi. Sport do‘konida konkilarni charxladi. ... Va, albatta, sevib ham qoldi.



    Jennifer Saym va Kianu Rivz: ikki karra fojia

    Tasodifiy va baxtli romantika. Bu vaqtga kelib, Kianu allaqachon bir nechta muvaffaqiyatli filmlarda rol o‘ynagan edi: unga o‘gay rejissyor otasi ilk rollarida yordam berdi. Datlabki rollardan so‘ng “Ota-onalar”, “Mening shaxsiy Aydaho shtatim”, “Drakula” kabi filmlarda suratga tushdi. Jennifer ham kino olamiga kirishga urinib ko‘rdi, lekin bu boshqa hikoya edi.

    Kianu Rivz va Jennifer Saym
    Foto: Grazia

    Rejissyor Devid Linchning yordamchisi Jennifer Kianuning e’tiborini tortdi. Chunki uning xatti-harakatlari odatdagi aktrisalarning intilishidan farq qilardi. U qizga g‘amxo‘rlik qila boshladi, ularning munosabatlari juda tez rivojlandi va ikkalasi ham shunchalik baxtli ko‘ringanidan atrofdagilar bunga shubha qilmadi. Ular Gollivuddagi eng chiroyli juftliklardan biriga aylangandi. Juftlik birgalikda yashashni boshladi va tez orada Jennifer farzand kuta boshladi. Ular tug‘ilajak qiziga o‘yingoh qurdi, ism tanladi...

    Ammo tug‘uruq jarayoniga bir oy qolganda ona qornidagi jajji yurak urishdan to‘xtadi. Juftlik uchun musibatga sabr qilish qiyin kechdi: ularda faqat orzularining parchasigina qolgandi. Kianu va Jennifer ushbu fojiadan keyin o‘ziga kela olmadi. Ularning birgalikda yashashi barchasini qayta yodga solaverdi va shuning uchun ham ajrashishga qaror qildi. Oradan bir yil o‘tib Jennifer ham g‘oyib bo‘ldi. U ruhiy tushkunlik bilan kurashishga urinib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ydi va mast holatida mashina boshqarib, avtohalokatga uchradi.



    Singlisining saratonga chalinishi

    Bu Kianuni kutgan so‘nggi sinov emasdi. O‘z singlisi Kimning leykemiya ekanini bilgach, u yana faol harakat qila boshladi. Eng yaxshi shifokorlarni topdi, kerakli dori-darmonlarni oldi, singlisi bilan doim birga bo‘ldi, filmlarda suratga tushishni to‘xtatdi. Aktyor singlisining sevimli taomlarini ham tayyorladi. Quvnoq musiqaga raqs tushib, holdan toygan singlisini quchoqlar, hech bo‘lmaganda uning yuziga tabassum olib kelardi. Shundan so‘ng kasallik biroz orqaga chekindi. Kim sog‘ayib ketgach, aktyor onkologiyaga qarshi jiddiy urush e’lon qildi: u dori-darmonlarni ishlab chiqarishga katta mablag‘ ajratdi va saraton bilan kasallanganlar uchun fond tashkil qildi.

    Kianu singlisi Kim bilan
    Foto: Grazia

    Kler Forlani bilan munosabatlar

    Bir muddat aktrisa Kler Forlani Kianuning hamrohiga aylandi. U o‘sha paytda  uy sotib olishni xohlamasligi va arzon mehmonxonada yoki ijarada yashash odati bilan barchani hayratda qoldirgandi. Kianu Kler bilan uchrashishni boshlagach baribir uy sotib oldi: mish-mishlarga ko‘ra, aktyor buni aktrisaning ta’siri ostida qilgan. Atrofdagilar esa to‘y haqidagi xabarni kutardi. Lekin bu haqda hech qanday gap bo‘lmagan. Qolaversa, juftlik birdaniga hech kimga hech narsani tushuntirmasdan ajrashdi. Kianu jurnalistlarning barcha savollariga xotirjamlik bilan “Kler ikkimiz shunchaki do‘stmiz” deb javob berdi.

    Kianu Rivz Kler Forlani bilan
    Foto: Grazia

    “G‘amgin Kianu”

    Shundan so‘ng aktyor yana yolg‘izlikda ko‘proq vaqt o‘tkazdi, ko‘cha va xiyobonlarda sarson kezdi, o‘rindiqlarda uzoq vaqt xayol surdi, hatto kabutarlarni ovqatlantirganda yoki yaqin atrofda o‘ynayotgan bola bilan suhbatlashganda ham yuzini g‘amginlik tark etmasdi. Uning kiyimlari beo‘xshov, soch-soqoliga uzoq vaqt qaychi tegmaganligidan qisqa vaqt ichida xuddi uyi yo‘q insonga o‘xshab qolgandi. Qarindoshlari Kianuning ahvolidan xavotirda edi: aftidan, u fojiali voqealardan keyin o‘ziga kela olmagan, uning ichida qora tubsizlik paydo bo‘lgandi. Shunday bo‘lganda ham u olg‘a intilishni davom ettirdi, lekin kattagina puldan iborat gonorarini uy, mashina va zargarlik buyumlariga emas, balki xayriya va hadyalarga sarfladi. Masalan, afsonaviy “Matritsa” filmini suratga olish uchun olingan barcha pullarni aktyor vizajist, kompyuter texniklari va kadr ortidagi boshqa “mehnatkashlarga” taqsimlab berdi. Shuningdek, har bir kaskadyor Kianudan sovg‘a tariqasida hashamatli velosipedlar oldi.

    Foto: Grazia

    Aleksandra Grant: qalban yaqin inson

    Foto: Grazia

    O‘sha paytda Kianu she’r yozishni boshladi. She’riyatga bo‘lgan muhabbat asosida u 2009-yilda uchrashgan rassom Aleksandra Grant bilan yaqinlashdi. Rivzning she’rlari Aleksandrani rasm va haykallar yaratishga ilhomlantirdi: u aktyorni chinakamiga noyob sovg‘a bilan taqdirlagan haqiqiy daho deb bildi. Aktyor ham Aleksandraning o‘zini unutib, ijodkorlikka to‘liq taslim bo‘lish qobiliyatidan hayratda qoldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, do‘stlar buni payqadi: chunki Kianu Rivz yana tabassum qilayotgan edi. Ko‘rinishidan, Aleksandra Grant Rivzning hayotga bo‘lgan qiziqishini tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Biroq ba’zi muxlislar ayolning tashqi qiyofasidan hayratga tushdi: Aleksandra mashhur aktyorning yaqin insoni sifatida odatiy qiyofaga mos emasdi, u oqargan sochlarini yashirmas va yosh ko‘rinishga harakat ham qilmasdi. Bundan tashqari, u Kianudan katta ko‘rinsa-da, aslida uning yoshi aktyornikidan to‘qqiz yosh kichik edi! Nima bo‘lganda ham, Kianu uning yonida xotirjam va osoyishta ko‘rinadi. Bir marta u intervyusida, u turmush o‘rtog‘i bo‘ladigan ayol bilan uyg‘un munosabatni orzu qilganini tan oldi.  

    04.09.2024, 12:40   Izoh (0)   23577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Aslida men biroz uyatchan va odamoviman” — Rianna, Zendaya, Kianu Rivz va boshqa introvert yulduzlar (foto)

    22.04.2023, 11:43

    Gollivud aktyori Kianu Rivz o‘zining birinchi romanini chiqarishni rejalashtirmoqda

    16.01.2024, 14:20

    Kianu Rivz Reddik mukofotining birinchi sovrindoriga aylanadi

    29.01.2024, 17:20

    “Bolalarim 18 yoshga to‘lishi bilanoq AQSHdan ketishim mumkin”. Anjelina Joli qayerga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qildi

    04.09.2024, 11:50

    Instagram: Nasiba Abdullayeva xonadonida ziyofat, AQSHdagi mashhur muzeyga borgan Afruza, Parizoda oilaviy sayohatda

    04.09.2024, 10:45

    Ikki yoshida multimillionerga aylangan “tirik Barbi” hozir qanday ko‘rinishda? 

    03.09.2024, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.