• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Filmdagi roli sabab suratga olish jarayonida yangi kasblarni o‘zlashtirgan mashhur aktyorlar

    Shunday holatlar bo‘ladiki, aktyorlar rollariga kirishib ketganidan butunlay yangi ko‘nikmalar yoki hatto biron bir kasbni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kino karyerasida biror narsa yuz bersa ham o‘rgangan ko‘nikmalari sabab boshqa sohada ham bemalol ishlashlari mumkin.

    Robert De Niro — taksi haydovchisi va bokschi

    Robert De Niro “Taksichi” (1976) kult filmi suratga olish boshlanishidan oldin haqiqatan ham litsenziya oladi va bir oy davomida kuniga 12 soat taksi haydovchisi bo‘lib ishlaydi — Nyu York va uning atrofida yo‘lovchi tashiydi.

    Martin Skorsezening “Quturgan buqa” (1980) filmidagi bokschi Jeyk LaMotta roli uchun ham Robert De Niro qizg‘in tayyorgarlik ko‘rgan va hatto Bruklinda 3 ta haqiqiy boks uchrashuvini o‘tkazgan, shulardan ikkitasida g‘alaba qozongan.

    Shuni ham ta’kidlash kerakki, suratga olish paytida aktyor 27 kilo vaznga ega bo‘lgan. Natijada bosh rolga tayyorgarligi va ajoyib ijrosi uchun De Niro ikkinchi “Oskar”iga sazovor bo‘ladi.

    Xoakin Feniks — o‘t o‘chiruvchi

    Xoakin Feniks har doim rollariga alohida tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilgan. Bu “49-jamoa: Olovli zinapoya” (2004) filmiga ham tegishli. Unda Feniks har kuni hayotini xavf ostiga qo‘yadigan va Baltimor Sitidagi eng yaxshi o‘t o‘chirish bo‘limining muhim qismiga aylanadigan yangi o‘t o‘chiruvchi rolini o‘ynaydi.

    Suratga olishga tayyorgarlik ko‘rish uchun Xoakin Feniks bir oyni o‘t o‘chirish kollejida va yana bir oyni Baltimordagi haqiqiy o‘t o‘chirish brigadasida o‘tkazadi. Aktyor bir necha bor alangaga kiradi va oxir-oqibat jamoaning faxriy a’zosiga aylanadi.

    Yana bir qiziq jihat: suratga olish boshlanishidan oldin Xoakin Feniks balandlikdan shunchalik qo‘rqardiki, o‘t o‘chirish bo‘limida 6 metrlik ustundan tusha olmasdi. Ammo mashg‘ulot oxirida aktyor qo‘rqmasdan 20 qavatli bino balandligidagi devorga osilib chiqadi.

    Margo Robbi — figurali uchuvchi

    Mashhur amerikalik aktrisa Margo Robbi figurali uchuvchi Tonya Harding rolini o‘ynagan “Tonya dunyoga qarshi” (2017) filmi uchun birinchi “Oskar” nominatsiyasini oladi. Qizig‘i shundaki, Robbi Avstraliyada o‘sgan va hech qachon figurali uchish bilan shug‘ullanmagan. Umuman olganda, u konkida uchish tajribasiga ham ega emasdi.

    Ushbu rol uchun aktrisa 5 oy davomida professional murabbiy Sara Kavaxaradan har kuni figurali uchish bo‘yicha saboq oladi. Margo Robbi filmdagi eng qiyin tryuklardan tashqari ko‘plab elementlarni o‘zi ijro etgan.

    Natali Portman  — balerina

    Darren Aronofskiy rejissyorlik qilgan “Qora oqqush” (2010) dramasi uchun aktrisa Natali Portman bolaligidagi balet darslarini eslashi kerak edi. Suratga olish boshlanishidan bir yil avval u asta-sekin barcha stresslarga ko‘nikishi va moslashishi uchun xoreograf bilan 6 oy davomida kuniga 2 soat mashq qilishni boshlaydi. Shundan so‘ng aktrisa kuniga 5 soat mashq qiladi va bunga suzishni ham qo‘shadi.

    Portman balerina Nina Sayers roli uchun 9 kiloga ozadi. Shuningdek, u musiqani his qilishni o‘rganadi va klassik harakatlarning barcha turlarini o‘zlashtiradi. Afsuski, suratga olish uchun bunday qizg‘in tayyorgarlik bilan birga Natali jarohat ham oladi. Bir marta uning miyasi chayqaladi, keyin esa qovurg‘asi jarohatlanadi, natijada to‘liq tiklanish uchun 6 hafta kerak bo‘ladi.

    Ammo rolga bunday sadoqatli tayyorgarlik e’tirof etiladi. Natali Portman o‘zining ajoyib ishi uchun “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida “Oskar” bilan taqdirlanadi.

    Adam Drayver — avtobus haydovchisi

    Aktyor Adam Drayver “Paterson” (2016) filmida avtobus haydovchisi rolini o‘ynaydi. Dastlab rejissyor Jim Jarmush avtobusni boshqarish paytidagi kadrda Adam Drayverni ko‘rsatish uchun to‘g‘ri kamera burchaklari va kombinatsiyalangan kadrlardan foydalanmoqchi bo‘lgan. Ammo bunga ehtiyoj ham qolmaydi.

    Drayver o‘z tashabbusi bilan avtobus haydashni o‘rganishga qaror qiladi. Aktyor avtobus haydashni o‘rgatadigan maktabga ro‘yxatdan o‘tadi va Nyu Yorkdagi umumiy mashg‘ulotlar 3 oy davom etadi. Asosiy suratga olish ishlari boshlanishidan bir hafta oldin u oxirgi haydovchilik imtihonini topshiradi.

    Filmda Adam Drayver (qizig‘i shundaki, uning familiyasi ham “haydovchi” deb tarjima qilinadi) o‘zi avtobusni shahar ko‘chalarida boshqargan, garchi bu dastlab kaskadyorlarni xavotirga solgan bo‘lsa ham.

    Adrian Broudi — pianinochi

    Adrian Broudi rejissyor Roman Polanski tomonidan suratga olingan “Pianinochi” (2002) filmidagi Vladislav Shpilman roli uchun 14 kilo vazn yo‘qotadi. U o‘z xohishiga ko‘ra kvartirasidan ko‘chadi, mashinasini sotadi va roliga moslashish uchun umuman televizor ko‘rmaydi.

    Musiqiy mahoratga kelsak, Adrian Broudi bir oy davomida kuniga 4 soatdan pianino chalishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Bu ham juda qiyin edi, chunki bir vaqtning o‘zida Broudi rolida ishonarli ko‘rinish uchun qattiq diyeta ham qiladi. Aktyor Shopenning eng mashhur pyesalaridan parchalar ijro etishni o‘rganadi, bu esa unga kamerada ishonchli ko‘rinishga yordam beradi.

    “Pianinochi” filmi uchun Adrian Broudi “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida “Oskar” oladi va ushbu nominatsiyani olgan eng yosh aktyorga aylanadi.

    Kianu Rivz — xokkeychi

    Kianu Rivz bolaligida professional xokkeychi bo‘lishni, Olimpiadada Kanada jamoasida o‘ynashni orzu qilgan. U darvozabon sifatida o‘ynagan va maktab jamoasi tomonidan “Devor” laqabini olgan. Biroq kichik jarohat va teatrga bo‘lgan ishtiyoq uni xokkey orzusini unutishga majbur qiladi.

    Yosh aktyorning ilk jiddiy rollaridan biri “Yosh qon” (1986) dramasi bo‘lib, filmda u Xiver ismli xokkey darvozaboni rolini o‘ynaydi. Kianu Rivz filmda xokkey mahoratini namoyish eta olishi uchun muz ustida qattiq mashq qilish kerak edi. Ba’zilar aktyor hech bo‘lmaganda professional talabalar jamoasida o‘ynashi mumkinligini ta’kidlaydi. Kanada milliy xokkey jamoasi esa bitta ajoyib darvozabonni yo‘qotganga o‘xshaydi.

    13.05.2024, 09:50   Izoh (0)   8875
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Penelopa Kruz — 50 yoshda. Ispaniyalik kamsuqum oilaning farzandi qanday qilib Gollivud yulduziga aylandi? (foto)

    07.05.2024, 13:50

    Gollivud yulduzlarining ko‘pchilik tanimaydigan iste’dodli farzandlari (foto)

    11.05.2024, 17:50

    Dam olish kunlariga kinotavsiya: 2000-yillarning eng yaxshi romantik komediyalari

    11.05.2024, 12:51

    Lego 1710 ta detaldan iborat mushuk shaklidagi yangi konstruktorini taqdim etdi (foto)

    11.05.2024, 15:50

    Birgina film uchun 100 million dollardan ortiq gonorar olgan jahon kino yulduzlari

    11.05.2024, 14:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.