Prezidentning Buxoroga tashrifi, eng dahshatli attraksion ekani aytilayotgan charxpalak, davlat qarzining qariyb 35 mlrd dollarga yetishi — “Daryo” nashri bugun, 31-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Jizzax viloyatida kuchsiz zilzila kuzatildi
Zilzila episentri Baxmal tumanida joylashgan.
O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi
Davlat ichki qarzi esa 5,29 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Toshkentda “zakladchik”larni kaltaklagan 14 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi
Ular 3,5 yildan 6 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Eski tartibga qaytildi: vazirliklar eshigida sarson bo‘lgan quruvchilar muammosi hal etildi
“Onlayn savdoga chiqarilayotgan “Tashabbusli byudjet” qurilishlari uchun yana ballni chegirib qolish tartibi joriy etiladigan bo‘ldi”, — deydi quruvchi.
Saida Mirziyoyeva “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmi premyerasida ishtirok etdi
Film Ashtarxoniylar davrida yashab o‘tgan buyuk sarkarda hayotiga bag‘ishlangan.
Sud prokurorsiz o‘tdi, sudlanuvchi sudyaga “otvod” berdi: Olmazor tuman sudida noodatiy holat kuzatildi
Sudya Valisher Karamonov raisligidagi ushbu sudda 50 million so‘mga “uchastka”, 25 million so‘mga “kvartira”, 5 million so‘mga esa yangi avtomobil olib berishni va’da qilib, fuqarolarning salkam 7 milliard so‘m mablag‘ini o‘zlashtirgan jinoiy guruh ishi ko‘rib chiqilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifni Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi
Prezident ziyoratchilar uchun qulayliklarni kengaytirish, qishga ham, yozga ham mos sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Davlat byudjeti taqchilligi keskin ortdi. Qaysi sohalarga katta xarajat qilinmoqda?
Birinchi chorakda O‘zbekiston byudjeti xarajatlari daromadlaridan 17,7 trln so‘mga ko‘p bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida yangi korxona ishga tushirildi
“Buxoroga kelishimizdan maqsad 2 milliondan ziyod aholining turmushini yaxshilash, daromad manbai yaratish, kambag‘allikni qisqartirish”, — dedi prezident.
Buxoroda 2024-yili 1,3 mlrd dollarlik 607 ta loyiha amalga oshirilmoqda
Prezident Buxoro viloyatining sanoat ko‘rgazmasi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
O‘zbekistondagi eng dahshatli attraksion ekani aytilayotgan charxpalak faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Attraksionda baxtsiz hodisa va jarohat olganlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahar sudlari prokurorsiz o‘tgan sudni izohladi
“Daryo”da “Sud prokurorsiz o‘tdi, sudlanuvchi sudyaga “otvod” berdi: Olmazor tuman sudida noodatiy holat kuzatildi” sarlavhali maqola e’lon qilingandi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroda uchta yirik inshoot — gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi
Ta’kidlanishicha, ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida Buxoroda nafaqat turizm, balki sanoat ham haqiqiy drayverga aylanadi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroda jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi
Nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytgan.
“Mahallada yettilik hamfikr va hamjihat bo‘lsa, ishsizlik, jinoyat bo‘lmaydi” — prezident
Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.
Jizzaxda aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamaldi
Sudda qarzdor oilaviy sharoiti og‘irligi sababli hozir ham alimentni to‘lab berolmasligini aytib, qonuniy yengillik so‘ragan.
Shavkat Mirziyoyev: “Asosiy vazifa — yo‘llarda sifat va madaniyatni taʼminlash”
Prezident Qorako‘l tumanida yangi loyiha asosida taʼmirlangan avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi.
Saida Mirziyoyeva Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi
Suhbat davomida nimalar muhokama qilingani ochiqlandi.
Toshkentda Xokkey sport majmuasi barpo qilinadi
Prezidentning “Xokkey sport turini rivojlantirish va ommalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi eʼlon qilindi.
Izoh (0)