• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Buxoroda uchta yirik inshoot — gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida uchta yirik inshoot – gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mamlakatda so‘nggi 5 yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,4 barobarga ko‘payib, birgina o‘tgan yilda 553 trillion so‘mni tashkil etdi. Buxoroda esa bu ko‘rsatkich 1,6 barobarga oshib, 30 trillion so‘mga yetdi. Viloyatda 7 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobidan 41 ta va yana shuncha qiymatdagi 39 ta mahalliy loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Endi yana uchta yirik inshoot – gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi, Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalarning ahamiyati haqida so‘zladi. Ulardan biri “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida quriladigan gaz-kimyo majmuasidir. U “methanol to olefins” (MTO) texnologiyasi asosida ishlaydigan birinchi zavod bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Loyiha doirasida qariyb 5 milliard dollar investitsiya jalb etilib, AQSH, Germaniya, Daniya, Avstriya, Italiya va Xitoyning eng ilg‘or texnologiyalari keltirib o‘rnatiladi. Yagona majmua doirasida yiliga 1,3 milliard metr kub tabiiy gaz va 430 ming tonna nafta qayta ishlanib, mamlakat va jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan 1,1 million tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday mahsulotlar gaz narxiga nisbatan 5 barobar ko‘p qo‘shilgan qiymat beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yangi zavodda 2 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, u qurilish, to‘qimachilik, charm-poyabzal, avtomobilsozlik, elektrotexnika va boshqa turdosh sohalarda o‘nlab korxonalar, yana 4 mingta ish o‘rni ochilishiga turtki bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida Buxoroda nafaqat turizm, balki sanoat ham haqiqiy drayverga aylanadi. Iqtisodiyotning barqaror o‘sishi elektr energiyaga bo‘lgan talabni yiliga o‘rtacha 6 foizga oshirmoqda. Shu bois joylarda yangi generatsiya quvvatlari barpo etib borilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘nggi yillarda 2 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 2 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi. Bugungi kunda xorijiy sheriklar bilan jami 19 milliard dollarlik 18,3 gigavattli 32 ta “yashil” generatsiya quvvatlari qurilmoqda.

    Joriy yilning o‘zida 14 ta quyosh va shamol stansiyasining dastlabki 2,6 gigavatti tarmoqqa ulanadi. Natijada yurtimizda ishlab chiqariladigan jami quvvatda muqobil energiya ulushi 9 foizdan 15 foizga oshadi. Umuman, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazish maqsad qilingan. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bunda, albatta, serquyosh Buxoroning alohida o‘rin tutadi. Hozirgi kunda viloyatda qariyb 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga quvvati 4 gigavattli 9 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

    Endi ularning safiga Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan quriladigan 250 megavattli quyosh elektr stansiyasi ham qo‘shiladi. Bu loyiha uchun Olot tumanidan 648 gektar yer ajratilgan. Stansiya 2025-yil dekabrda yagona elektr tarmog‘iga ulanishi rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bundan tashqari, Buxoro viloyatida Saudiya Arabistonining ACWA Power, Xitoyning Gezhouba kompaniyalari tomonidan ham muqobil energiya majmualari barpo etilmoqda. 2030-yilga borib viloyatdagi quvvatlar 9 karra ortib, yiliga 12,5 milliard kilovatt soat “yashil” energiya ishlab chiqariladi.

    Startdagi yana bir loyiha – yangi xalqaro aeroport. Davlatning ochiqlik siyosati natijasida dunyo bilan aloqalar jadallashdi. O‘zbekistonda 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bularning natijasida yurtimizga keluvchilar ko‘paydi. Oxirgi 2 yilda xizmatlar eksportining 40 foizi turizm sohasiga to‘g‘ri kelgag. 283 ta mehmonxona, 486 ta xostel, 1,2 mingta oilaviy mehmon uyi barpo etilgan. Turizm oqimi 35 foizga oshgan. Xususan, birgina 2023-yilda Buxoroga 1 million 400 mingga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurgan.

    Bu kabi omillar viloyat xalqaro aeroportida parvozlar sonini ko‘paytirishni talab etmoqda. Shu bois xususiy sheriklik shartlari asosida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurish ko‘zda tutilgan. 226 million dollarlik ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport infratuzilmasi tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo‘lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, mazkur majmualar qurilishini boshlab berdi. Shu yerda Buxoro viloyatida qurilishi rejalashtirilgan majmualar, jumladan, yangi aeroport loyihasi taqdimot qilindi.

    31.05.2024, 18:35   Izoh (0)   7259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida yangi korxona ishga tushirildi (foto)

    31.05.2024, 16:26

    Buxoroda 2024-yili 1,3 mlrd dollarlik 607 ta loyiha amalga oshirilmoqda

    31.05.2024, 17:25

    Toshkent shahar sudlari prokurorsiz o‘tgan sudni izohladi

    31.05.2024, 18:07

    O‘zbekistondagi eng dahshatli attraksion ekani aytilayotgan charxpalak faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 

    31.05.2024, 17:47

    O‘zbekistonda qimmatbaho metall va toshlarni noqonuniy qazib olganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    31.05.2024, 17:15

    London Tech Week Markaziy Osiyo innovatorlarini qarshi oladi 

    31.05.2024, 16:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.