Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni Buxoro viloyatiga tashrifini an’anaga binoan Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
![](/static/2024/05/31/photo_2024-05-31_12-49-18 (2)-MLqYz5pq.jpg)
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari tashabbusi bilan majmua yanada obod qilinib, tarixiy asliyat tiklanmoqda. Ziyorat chog‘ida ushbu ishlar ko‘zdan kechirildi.
![](/static/2024/05/31/photo_2024-05-31_12-49-18 (3)-cxivHBws.jpg)
![](/static/2024/05/31/photo_2024-05-31_12-49-18-f1RkvfSl.jpg)
“Yuz yil vayron bo‘lib yotgan bu darvozani tiklaganimiz — o‘zlikni anglash, tarixga hurmatimiz ifodasi”, — dedi prezident Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lak tiklangani haqida.
Toqi miyona darvozasining ikki yoni bog‘ga aylantirilgan. Muzey va tahoratxona barpo etilgan. Yo‘qolib borayotgan Doniyolbiy madrasasi tiklanmoqda.
![](/static/2024/05/31/photo_2024-05-31_12-49-18 (4)-CS39kISI.jpg)
Prezident bu yerdagi har bir obidaga, xonlar daxmalariga bitiklar yozib qo‘yish kerakligini aytdi.
“Ziyoratga kelganlar qadamma-qadam tarixni o‘rganib, ma’naviy ruh olib o‘tsin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Olimlar bilan suhbatda Bahouddin Naqshband merosini chuqur o‘rganish haqida fikr almashildi. Chet davlatlardan manbalarni olib kelish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, muzeyni Imom Buxoriy majmuasidagidek mazmunan boyitish zarurligi ta’kidlandi.
![](/static/2024/05/31/photo_2024-05-31_12-59-39-M1LmdJNg.jpg)
Shuningdek, ziyoratchilar, jumladan, xorijiy turistlar uchun qulayliklarni kengaytirish, qishga ham, yozga ham mos sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mutasaddilarga shularni qamrab olgan holda, olimlarning takliflari asosida qaror ishlab chiqish topshirildi.
Izoh (0)