O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tailand hamda Filippinning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazirning Telegram kanalida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, Baxtiyor Saidov Tailandning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Sasivat Vongsinsavat bilan uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlarni faollashtirish, iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish, o‘zaro tovar aylanmasi hajmini oshirish kabi masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, Filippinning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Roberto G.Manalo bilan ikki davlat o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashilgan.
Izoh (0)