• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Davlat byudjeti taqchilligi keskin ortdi. Qaysi sohalarga katta xarajat qilinmoqda?

    Joriy yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston byudjeti xarajatlari daromadlaridan 17,7 trillion so‘mga ko‘p bo‘ldi. O‘tgan 2023-yil I chorakda byudjet taqchilligi 11,7 trillion so‘m bo‘lgandi. Qaysi soha va tarmoqlarga ko‘proq xarajat qilinmoqda? Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan navbatdagi hisobotda bu haqda maʼlumot berilgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Byudjet daromadlari o‘sdi

    2024-yil I chorakda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 242,7 trillion so‘mni (2023-yil mos davridagidan 6,2 foiz ko‘p) tashkil etdi. Uch oy davomida mamlakatda xizmatlar sohasi 6,8 foizga, qurilish 6,8 foiz, sanoat 6,5 foizga va qishloq xo‘jaligi 3,6 foizga o‘sdi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Yanvar–mart oylarida davlat byudjeti daromadlari 2023-yil I choragi ko‘rsatkichidan 5,3 trillion so‘m (11 foiz) ko‘proq oshib, jami 52,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu mablag‘larning 41,3 trillion so‘mi soliqlar, 14 trillion so‘mi bojlar, 2,7 trillion so‘mi boshqa daromad va soliq bo‘lmagan tushumlardan shakllandi.

    Byudjet xarajatlari daromadlardan ko‘p

    Birinchi chorakda davlat byudjeti xarajatlari 70,3 trillion so‘mni (YIMga nisbatan 29 foiz) tashkil etib, o‘tgan yil mos davridagidan 11,3 trillion so‘mga (19,2 foiz) ko‘paydi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Uch oy davomida byudjetdan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari uchun 36,8 trillion so‘m ajratildi. Ijtimoiy soha xarajatlariga esa 33,9 trillion so‘m yo‘naltirildi.

    Ijtimoiy soha chiqimlarining 16 trillion so‘mi (47,2 foiz) taʼlim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirishga (2023-yil mos davriga nisbatan 2,97 trillion so‘m ko‘p) sarflandi.

    Hisobot davrida iqtisodiyot sohasiga amalga oshirilgan xarajatlar 13,5 trillion so‘mni (19,2 foiz) tashkil etdi. Shundan eng yirik mablag‘ — qariyb 8 trillion so‘m ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniya zararlarini qoplash va joriy faoliyatini moliyalashtirishga to‘landi.
    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Shu bilan birga, davlat byudjetidan:

    • Suv xo‘jaligi ekspluatatsiyasi xarajatlariga 1,67 trillion so‘m;
    • Aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 1,2 trillion so‘m;
    • Aholiga issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini past qo‘llash hisobiga ko‘rilgan zararlarini qoplash maqsadida issiqlik taʼminoti korxonalariga 1 trillion so‘m mablag‘lar ajratilgan.

    Hisobot davrida kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari uchun 4,3 trillion so‘m yo‘naltirildi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Davlat hokimiyati va boshqaruvi xarajatlari 4,2 trillion so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning I choragida bu raqam 3,6 trillion so‘m bo‘lgan.

    Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga transfertlarga 3,3 trillion so‘m ajratildi. “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining birinchi mavsumi uchun 3,3 trillion so‘m yo‘naltirildi.

    Vazirlik hisobotiga ko‘ra, yanvar–mart oylarida davlat qarzining foiz to‘lovlar uchun 2,5 trillion so‘m (2023-yil mos davrida 1,2 trillion so‘m) sarflandi. Sog‘liqni saqlash sohasiga 7,8 trillion so‘m (2023-yil mos davridagidan 1,2 trillion so‘m ko‘p) ajratildi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Uch oy davomida respublika byudjetidan ipoteka kreditlari bo‘yicha 261,9 milliard so‘mlik subsidiya to‘lovlari moliyalashtirilib berildi. Shundan boshlang‘ich badal to‘lovlari uchun 2493 nafar fuqarolarga 79,8 milliard so‘m, 2020–2023-yillardan o‘tib kelayotgan foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun 44 mingdan ziyod fuqarolarga 182,1 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari to‘langan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Birinchi chorakda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tadbirlari uchun jami 1,26 trillion so‘m yo‘naltirildi. “Toshshaxartransxizmat” AJning cheklangan tariflar hisobiga yo‘lovchi tashish xizmatidan ko‘rilgan zararlarini qoplash uchun 1 trillion so‘m ajratildi.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar–mart oylarida davlat byudjeti xarajatlari 59 trillion so‘mni tashkil etgan. Yil yakunida umumiy byudjet taqchilligi rekodr darajada ortib, 59 trillion so‘mga yetgan. 2022-yil I choragida byudjet xarajatlari 42,9 trillion so‘m bo‘lgan.

    2024-yil uchun tasdiqlangan byudjet qonuniga ko‘ra, joriy yilda mamlakatning konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 375 trillion so‘mni, xarajatlari 427, 6 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. Bunda byudjet taqchilligi 52 trillion so‘mdan ortishi kutilmoqda. 

    31.05.2024, 15:11   Izoh (0)   10316
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda inflyatsiya oshdi. Bozorlarda narxlar qanday o‘zgarmoqda?  

    22.05.2024, 18:10

    O‘zbekistonliklar 2023-yilda davlat byudjetiga qancha soliq to‘lagani maʼlum bo‘ldi

    30.05.2024, 15:37

    Byudjetdan pensiya va nafaqalar uchun qancha mablag‘ ajratilmoqda? Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobot berdi

    30.05.2024, 19:11

    O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalari tashkil etiladi

    31.05.2024, 09:35

    O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi

    31.05.2024, 07:51

    “Bino qurib sotish nosog‘lom banklar ishi” — iqtisodchi uchta davlat bankining biznes markazlari sotuvga qo‘yilgani haqida 

    30.05.2024, 12:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.