Farg‘onada inspektor mashina kapotida ayolni sudrab yurgani aytilgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holatni o‘rganib, tafsilotni e’lon qildi.
Keltirilishicha, 7-aprel kuni Farg‘ona shahar S.Temur va A.Navoiy ko‘chalari kesishmasida Nexia-3 va Lacetti avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Yo‘l-patrul xizmati inspektori O.D. Lacetti haydovchisi K.P.ni Narkologiya dispanseridan haydovchi A.Sh. boshqaruvidagi Nexia-2 da olib kelayotganda, K.P.ning tanishlari mashina harakatiga to‘sqinlik qilib, qattiq jismlar bilan oynalarini sindirgan va haydovchi hamda inspektorga tan jarohati yetkazishgan.
Haydovchi A.Sh.(rul boshqaruvida YPX inspektori bo‘lmagan) o‘z hayotini saqlash maqsadida transport vositasini harakatlantirgan vaqtda, avtomobilning oldiga fuqaro N.I.(ayol) chiqib olgan va avtomobil bir oz harakatlanib, to‘xtagan.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrida 5-aprel kuni yuqori tezlikda harakatlangan Malibu haydovchisi YPX xodimini “kapot” ustida sudrab ketgandi.
Izoh (0)