“Avto.ru” saytida 1984-yilda ishlab chiqarilgan ko‘k “VAZ-2102” universali sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Ideal darajada saqlangan avtomobilning eshiklaridagi plombalar saqlangan va u hozirga qadar 87 kilometr yo‘l bosgan. Sotuvchi mashinani 10 ming rublga (136 ming dollar) sotishni rejalashtirmoqda, bu pulga ikkita yangi Mercedes-Benz E-klassi xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.
Sotuvchining ta’kidlashicha, “VAZ-2102” hech qachon hisobda turmagan va sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan ham o‘tmagan. Haydovchi eshigidan boshqa barcha eshiklar, shuningdek, kapotida zavoddagi plombalari saqlangan. Ko‘k kuzov va qizil kartlarga ega qora salon ideal holatda.
Mashina 64 ot kuchiga ega 1,2 litrli benzin dvigatel yordamida harakatga kelib, u to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Avtomobilga ishlab chiqarilganidan buyon bir kishi egalik qilgan bo‘lib, unda 87 kilometr yo‘l bosgan.
Sotuvchi o‘zining kolleksion universialini 10 million dollarga baholamoqda — ushbu nusxa “VAZ” tarixidagi eng qimmat model hisoblanadi. Taqqoslash uchun bu pulga Rossiyada ikkita Mercedes-Benz E300 Sport Coupe xarid qilish mumkin.
Avvalroq Rossiyada 27 yil garajda saqlangan “Jiguli” yangi Spark narxida sotuvga qo‘yilgani, Peterburgda 22 yil garajda saqlangan yangi “VAZ-2104” topilgani, Rossiyada zavod plombalari olinmagan 26 yillik “Jiguli” yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.