Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, 21—22-iyun kunlari faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20—22-iyunda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarining ayrim joylarida shamolning kuchayishi 20-22 metr/sekundga yetishi mumkin.
Toshkentda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha ko‘tariladi.
Izoh (0)