Umra – 2025/2026 mavsumining ilk guruh ziyoratchilari 14-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
-VO44gsq-.avif)
Ma’lum qilinishicha, ushbu 240 nafar fuqaro Uzbekistan Airways samolyoti orqali Toshkent xalqaro aeroportidan Jidda shahriga yo‘l oldi. Ular dastlab Madina shahrida 3 kun, so‘ngra Makka shahrida 7 kun ziyoratda bo‘ladi.
Ziyoratchilar Madinada Grand Shahba, Makka shahrida esa Al-Ayyam Elite va Marmara Hotel kabi zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qiladi. Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.

--9k7kxHT.avif)
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qiladi.
Makka va Madina shaharlarida muborak joylarni ziyorat qilish bilan birga Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohatga ham olib boriladi.
-vMXpMVpf.avif)

Umra tadbirlarini tashkil etish
2024-yil iyulida O‘zbekistonda umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Hukumat qarori bilan litsenziya talab va shartlari joriy etilgan. Litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan umra xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari etib belgilangan.
2024-yilda umra mavsumi 10-sentyabrdan boshlangandi.
Izoh (0)