AQSH Senati Isroilga qurol-yarog‘ sotishni blokirovka qilishni nazarda tutuvchi uchta rezolyutsiyasini qabul qilmadi. Bu haqda The Hill xabar berdi.
Taklif etilgan uchta rezolyutsiyaga 100 senatordan 60 dan ortig‘i qarshi chiqdi, faqat 17 nafari qo‘llab-quvvatladi. Rezolyutsiyalar tank qurollari, granatomyotlar uchun o‘q-dorilar, shuningdek, bombalarni boshqarish moslamalariga aloqador bo‘lgan. Hujjatlar mualliflari Demokratlar va mustaqil senator Berni Sanders bo‘lib, ular AQSH prezidenti Jo Baydenning Isroilga nisbatan siyosatidan norozi.
Sanders rezolyutsiyalar “G‘azo sektori va Livandagi tinch aholiga qarshi halokatli oqibatlarga olib kelgan hujum qurollariga” qaratilganini aytdi. Senator cheklovlar Isroilning o‘zini himoya qilish qobiliyatiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. Biroq uning takliflariga qarshi chiqqan qonunchilar bunga rozi emas.
Berni Sandersning Isroilga qarshi ayblovlari
Sandersga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar xalqaro inson huquqlarini buzgan yoki Amerikaning gumanitar yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan mamlakatlarga qurol bera olmaydi. Bu “Xorijiy yordam to‘g‘risida”gi va “Qurollarni nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunda aks etgan. Senatorning fikricha, Isroil yuqorida sanab o‘tilgan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymoqda.
AQSHning Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishini blokirovka qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyalarni ovozga qo‘yishdan oldin ham, ularning muvaffaqiyat qabul qilish imkoniyati deyarli yo‘q edi.
Izoh (0)