• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent viloyati

    Bo‘kadagi “roddom”dan ikki o‘lik chiqdi: ona va uning endigina tug‘ilgan qizalog‘i shifokorlar qo‘lida jon berdi

    Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi tuman Tibbiyot birlashmasining Tug‘uruq bo‘limidan bir emas ikki o‘lik chiqdi. 2024-yilning 20-noyabr kuni 19 yoshli ayol va uning endigina tug‘ilgan qizalog‘i shifokorlar qo‘lida jon berdi. Bu haqda jamoatchilikka xabar bergan marhumaning qarindoshiga ko‘ra, ayol unga qilingan noto‘g‘ri ukol sabab olamdan o‘tgan bo‘lsa, uning endigina tug‘ilgan qizalog‘i esa ayolga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam paytida ona qornida jon bergan bo‘lishi mumkin. 

    “Daryo” ijodiy jamoasi voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida Bo‘ka tumanida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Marhumaning turmush o‘rtog‘i va otasi, shuningdek qarindoshlariga ko‘ra, ular ayolning o‘limidan o‘sha kuni kechki payt 16:00 va 17:00 oralig‘ida xabar topgan.  

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Qon ketishdan bo‘ldi, uch marta tokka soldik, uch marta yurak ishladi, to‘rtinchisida yurak urmay qoldi. Shundan keyin tirishib qoldi.Ular yashirmoqda, aslida tokka ulagan paytda bola o‘lib qolgan bo‘lgan. Keyin operatsiya qilib bolani olishgan, deydi ular.
    Foto: “Daryo”

    Marhuma o‘limidan avval onasiga qo‘ng‘iroq qilib, unga qandaydir ukol qilinganini, shundan so‘ng tobi qochganini ma’lum qilgan.

    Foto: “Daryo”
    Menga 13:30 lar atrofida telefon qilib, qandaydir ukol qilishdi, shundan so‘ng mazam bo‘lmayapti, qon ketyapti dedi, deydi marhuma ayolning onasi. 
    Foto: “Daryo”

    Bo‘ka tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari Marhabo Abdulazizovaning “Daryo”ga bildirishicha, marhumaga homiladorlik paytida muolajalar belgilagan, ayolga homiladorlik o‘ttiz hafta, siydik yo‘li infeksiyasi va o‘tkir yog‘li gepatoz tashxisi qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”
    15-noyabr kuni ayol oilaviy shifokor qabuliga kelgan. “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida oilaviy shifokor homilador ayolni ko‘rib, unga siydik yo‘li infeksiyasi tashxisini qo‘yib, homiladorlik patologiyasi bo‘limiga davolanishga yuborgan. Homilador ayol ertasi kuni tug‘ruqxonaga kelib, shifokorga “men shifoxonada yotolmayman, oilaviy sabablar tufayli uyimda davolanishga yozib bering”, deb uyiga davolanish uchun muolaja olishga harakat qilgan, deydi mas’ul. 

    Mas’ulning bildirishicha, homilador ayol 20-noyabr kuni ertalabki to‘rtga yaqin ko‘ngil aynishi va qayt qilish shikoyatlari bilan olib kelingan.

    17-noyabr kuni ayol shifoxonaga tug‘ruq bo‘limiga va homiladorlar patologiyasi bo‘limiga kelgan. Muolajalari belgilangan, lekin kun davomida ayol oilaviy sharoitining og‘irligini, qaynonasi betobligini va u agar shifoxonada yotsa, oilasiga zarar yetishi mumkinligini vaj qilib, tilxat yozib, shifoxonadan chiqib ketgan. 20-noyabr kuni esa soat ertalabki to‘rtga yaqin ko‘ngil aynishi va qayt qilish shikoyatlari bilan olib kelingan. Navbatchi shifokor qabul qilib, muolajalar belgilagan. Ayolga homiladorlik o‘ttiz hafta, siydik yo‘li infeksiyasi va o‘tkir yog‘li gepatos tashxisi qo‘yilgan. Shu kuni soat 14:55 da ayolning ahvoli birdan yomonlashgan. Barcha shifokorlar yig‘ilgan.

    Ayolning ahvoli yomonlashgani tufayli favqulodda vaziyat deya kesarcha kesish amaliyotiga olishgan. Undan avval viloyat Perinatal markazi direktor o‘rinbosariga mana shunaqa og‘ir ahvoldagi ayol borligi to‘g‘risida xabar berilgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay ayolda 17:50 da o‘lim holati qayd qilingan. Shundan so‘ng qarindoshlariga xabar berilgan. Bosh shifokor, reanimatolog, infeksionist va akusher-ginekolog ayolning yaqinlariga xabar bergan, deydi Bo‘ka tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari Marhabo Abdulazizova. 

    Foto: “Daryo”

    Bo‘ka tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Shahboz Rustamovning jurnalistga bildirishicha, homilador ayolning noto‘g‘ri ukol qilinishi oqibatida vafot etganini aynan ayolga qaragan shifokor inkor etgan. Bosh shifokor marhuma o‘limida shifokorlarning aybi yo‘q deb hisoblaydi. 

    Bemor qarovsiz qolib ketganda shifokorlar aybdor desak bo‘lardi. Bu holatda shifokorlar e’tiborsizlik qilmagan, deydi tuman bosh shifokori. 
    Foto: “Daryo”

    Bo‘kaliklar tumanda malakali shifokorlar kamligini, homilador qizlarini tuman shifoxonasiga olib borishdan qo‘rqishlarini ta’kidlagan.

    21.11.2024, 23:20   Izoh (0)   28739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #roddom#Bo‘ka#ayol#bola#o‘lim#shifokor

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo hokimi mehnat ta’tiliga chiqdi. Biroq o‘zi boshlab bergan ishni davom ettirmadi — o‘rnini yoshlarga ishonmadi

    31.01.2021, 20:15

    Instagram: Zarina Nizomiddinova homiladorligini nega yashirgan edi? Shahloning xeyterlarga murojaati

    31.01.2021, 22:38

    Instagram: Munisani yoqtirmaydigan Nasafiy, boshlovchiga tashlangan Feruza Sobitova, Toshkent metrosining “rasmiy ovozi” kimligini bilasizmi?

    01.02.2021, 22:56

    Andijonda yosh hokim tashabbusi bilan 4 nafar talabaning shartnoma puli to‘lab berildi

    03.02.2021, 06:38

    Asakada 9 yoshli qizni o‘ldirishda gumon qilinib, 10 oy qamoqda saqlangan ayol tergovdagi qiynoq va dalillarning soxtalashtirilgani haqida gapirdi

    28.05.2021, 16:59

    Farg‘onadagi tug‘ruqxonada shifokorning sochidan tortib sudragan shaxs sobiq IIB xodimi ekani aniqlandi

    27.08.2021, 21:11

    Qashqadaryoda “roddom”ga ketayotgan ayollar ham yurak hovuchlab o‘tishga majbur bo‘lgan osma ko‘prik yangilandi

    03.03.2022, 22:57

    “Aholidan tushayotgan takliflarning 25 foizi ichki yo‘llar bilan bog‘liq”. Shavkat Mirziyoyev yo‘llar sifatini yaxshilash topshirig‘ini berdi

    07.04.2022, 17:38

    Parkentda bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan suratlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

    26.09.2022, 09:07

    Homilador ayollar koridorda davolanmoqda, bepul dorilarni sotib olishga majburlashyapti: Qarshidagi “roddom” tanqid qilindi

    20.07.2023, 13:48

    Toshkentdagi “6-roddom”da egizak chaqaloqlar vafotining sababi ma’lum qilindi

    04.08.2023, 19:48

    Qozog‘istonda ayol “roddom”ning uchinchi qavatidan sakradi

    11.08.2023, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.