• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ikki oylik pasayishdan so‘ng uy-joy bozori savdolarida o‘sish kuzatildi

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi uy-joy ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyatni tahlil qildi

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Markazning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, oktyabr oyida ko‘chmas mulk bozori ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni sentyabr oyiga nisbatan 0,6 foizga oshib, 21,4 mingtani tashkil etgan.

    Ko‘chmas mulk bozori faolligi yiliga 2 foiz o‘sishi, uning tiklanishidan dalolat beradi.

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    Hududiy dinamika

    Oktyabr oyida ko‘chmas mulk bozorining hududlar kesimidagi dinamikasi Toshkent viloyatida (+10 foiz) sezilarli o‘sganini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+8,1 foiz) va Jizzax viloyatida (+7,5 foiz) ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda.

    So‘nggi 10 oylik maʼlumotlarga ko‘ra, oltita hududda faollik pasaygan, eng katta pasayish Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida kuzatilgan.

    Ikkilamchi bozordagi uy joy narxlari

    Oktyabr oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joylar bozori narxlari deyarli o‘zgarmadi (0,1 foizga o‘sish).

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    O‘tgan oy davomida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida eng katta o‘sish Andijon (5,1 foiz) va Sirdaryo (3,3 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

    Yettita hududda ikkilamchi uy-joy narxining pasayishi kuzatilgan bo‘lsa, eng katta pasayish Namangan (3,4 foiz), Xorazm (3,2 foiz) va Samarqand (2,5 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

    Ikkilamchi uy-joylarning eng maqbul narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi, bu yerda kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 328 dollarni tashkil etadi.

    Ikkilamchi uy-joylarning eng yuqori narxi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, kvadrat metr uchun o‘rtacha 1100 dollarni tashkil etdi.

    Poytaxtning Bektemir (3,9 foiz) va Yashnobod (3,1 foiz) tumanlarida sezilarli pasayish qayd etildi.  

    Umuman olganda, respublika bo‘yicha ikkilamchi bozorda bir kvadrat metr uy-joyning o‘rtacha qiymati yil davomida 6,5 foiz oshgan bo‘lsa, Toshkent shahrida shu davrda 1,3 foiz pasayish kuzatildi.

    Uy-joy ijara bozori

    Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari barqarorlashuvi davom etdi. O‘rtacha ijara narxi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarmagan – 1 kv m uchun 8,3 dollar. 

    Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

    Oy davomida poytaxtning 14 ta markaziy tumanlaridan 5 tasida uy-joy ijarasi narxi pasaydi. Eng katta pasayish Sergeli va Uchtepa tumanlarida kuzatilib, bu tumanlarda ijara narxi o‘rtacha 4,5 foiz kamaydi.

    Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10-11 dollarni tashkil etadi.

    Shu bilan birga, eng arzon uy-joy ijarasi Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda, bu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 6 dollarni tashkil etadi.

    Umuman olganda, Toshkent shahrida yil davomida uy-joy ijarasi 12 foizdan ko‘proq kamaydi. Eng katta pasayish Yashnobod (18 foiz), Sergeli (17 foiz) va Mirzo Ulug‘bek (15,2 foiz) tumanlarida qayd etildi.

    O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozori qanday?

    Avgust oyida eng yirik ko‘chmas mulk platformasi “Realting.uz” rahbari Andrey Sodiqov va Domio AH rahbari Shuhrat Hasanov O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorining bugungi holati haqida ma’lumot bergan edi.

    Sentyabr oyida esa O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz pasaygani aytilgandi.

    Keyinroq Strategik islohotlar agentligi uysizlik muammosini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqqani haqida xabar bergandi.

    Unda quyidagi takliflar tayyorlangan:

    • “Uy-joy – ijtimoiy ko‘mak asosi” tamoyilini joriy etish;
    • uylarni egalikka emas balki ijaraga berish bozorini rivojlantirish;
    • ijtimoiy uylar faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida yoki xususiy tadbirkorlarga mavjud uylarni berish, bunda, qayta qurish, ta’mirlash va uyni keyinchalik boshqarish majburiyatini yuklash hamda fuqarolarga uzoq muddatda ijaraga arzonlashtirilgan narxda taqdim etishni yo‘lga qo‘yish (har bir hududda reytingni ijobiy bo‘lgan 1 tadan developerga ijtimoiy uylarni qurish buyurtmasini berish);
    • uylarga joylashtirishda talabgorning turar joyga muhtojlik darajasini baholash bo‘yicha aniq mezonlarni tasdiqlash, bunda fuqarolarni aniqlashda keys-menejment usulidan foydalanish;
    • talabgorlarni uylarga joylashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida fuqarolarni onlayn navbatga olish elektron platformasini joriy qilish.
    13.11.2024, 21:15   Izoh (0)   4050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #uy-joy bozori#ko'chmas mulk

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 2 xonali xonadonni o‘rtacha ish haqi evaziga 10 yilda sotib olish mumkin — MHTI

    19.12.2023, 12:57

    O‘zbekistonda kadastri chiqqan va chiqmagan uylar narxidagi farq kattaligi ma’lum qilindi

    20.12.2023, 14:42

    O‘zbekistonning uch hududida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining eng katta o‘sishi kuzatildi

    27.01.2024, 11:41

    O‘zbekistonda mablag‘ni nimalarga investitsiya qilib, ko‘p daromad ko‘rish mumkin? Sun’iy intellekt javob berdi

    05.02.2024, 22:10

    Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6 foizga o‘sdi

    20.02.2024, 19:42

    Toshkentning qaysi tumanlarida uy-joy ijara narxlari pasaygani ma’lum qilindi

    13.03.2024, 13:06

    Toshkentda mart oyida ko‘chmas mulk bozori 20,7 foizga pasaydi

    17.04.2024, 22:38

    Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

    22.04.2024, 12:56

    “CAEx Bizning Uylar” ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun 30 ta bepul avtobuslarning ishlash jadvali eʼlon qilindi 

    24.04.2024, 10:30

    Mijoz-Tadbirkor-Investor: CAEx Bizning Uylar ko‘rgazmasi barchasini bir maydonda jamladi

    27.04.2024, 19:39

    Halol bo‘lish foydali: BAAdagi ko‘chmas mulk bozoridagi o‘zbek tadbirkor

    30.04.2024, 12:00

    Ko‘chmas mulk bozori: Samarqandda uy sotish o‘sgan, Toshkentda ijara narxi mo‘tadilligicha qolmoqda

    11.06.2024, 15:46

    “Daryo” dayjesti: 17-iyulning eng muhim xabarlari

    17.07.2024, 23:30

    Demografik o‘sish: iqtisod uchun yukmi yoki imkoniyat?

    02.08.2024, 16:00

    Ko‘chmas mulk savdosining pasayishi aniq faktmi yoki mavsumiy faktorlar natijasimi?

    06.08.2024, 16:34

    5-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Toshkentda sovuq suv navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi

    22.08.2024, 18:59

    “O‘zbekistonda kvartiralar yetarli emasligi sabab ular hali uzoq vaqt qimmatligicha qoladi” — tahlilchi

    06.09.2024, 17:53

    O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari biroz oshdi

    18.09.2024, 18:47

    O‘zbekistonda “Sanoat ipotekasi” asosida 170 mln dollarlik 7 ta loyiha ishga tushiriladi

    23.09.2024, 17:28

    Sentyabrda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz pasaygani maʼlum qilindi 

    15.10.2024, 00:30

    Prezidentning Bokudagi iqlim sammitida ishtiroki, faollik darajasi pasaygan uy-joy bozori, Farg‘onada pora olayotganda ushlangan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi ma...

    12.11.2024, 23:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.