• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ziroat Mirziyoyeva — yoshlarga: “Sizning faolligingiz, saʼy-harakatlaringiz hayotimizni, Yer sayyorasi atalmish umumiy makonimizni, albatta, o‘zgartiradi”

    O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva 12-noyabr kuni joriy yilning iqlim siyosati va barqaror rivojlanish sohasidagi asosiy voqeasining qator tadbirlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Sammit doirasida “Yoshlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlardagi yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an, Qirg‘iziston birinchi xonimi Oygul Japarova ishtirok etdi. Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Vengriya, BMT tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, mazkur mamlakatlarning yosh ekofaollari qatnashdi.

    Uchrashuv avvalida mehmonlar mamlakatlar ekofaollari tomonidan ishlab chiqilgan Indivisible (“Bo‘linmas”) badiiy installyatsiyasi bilan tanishdi boshlandi. Panno quroq texnikasida ishlangan bo‘lib, undagi har bir mato parchasi mamlakatlar uchun noyob bo‘lgan va yo‘qolib borayotgan o‘simlikni anglatadi. Tabiiy merosni asrab-avaylashga daʼvat etuvchi ushbu loyiha tabiat va insoniyat bo‘linmasligini yodga soladi.

    Foto: O‘zA

    O‘zbekiston birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida qardosh Ozarbayjon hukumati va xalqini SOR-29 yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi, shuningdek, Haydar Aliyev jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan qo‘shma forumni shaxsan qo‘llab-quvvatlagani uchun Birinchi vitse-prezident, Birinchi xonim Mehribon Aliyevaga minnatdorlik bildirdi.

    Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridan yosh avlod – go‘daklar, bolalar va o‘smirlar hayotiga katta taʼsir ko‘rsatayotgani, ularning millionlab tengdoshlari tabiiy ofatlardan, qurg‘oqchilikdan, suv va oziq-ovqat tanqisligidan har kuni aziyat chekayotgani qayd etildi.

    Foto: O‘zA
    “Bu hodisalarga qarshi kurashni yosh avlodsiz, uning ongli va faol ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu nufuzli minbardan turib, bugun Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar yoshlari ham mana shu global harakatning ajralmas qismi sifatida shakllanayotganini qayd etish menga katta faxr bag‘ishlaydi”, dedi Ziroat Mirziyoyeva.

    O‘zbekiston birinchi xonimi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Yoshlarning iqlim sohasidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida maʼrifiy tadbirlar va “yashil” kontentni kengaytirish, yosh avlod vakillari bilan tizimli va muntazam “iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, shuningdek, farzandlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini ekologik startaplarni rag‘batlantirish va sunʼiy intellektdan foydalanish orqali kengaytirish shular jumlasidan.

    Foto: O‘zA
    Ziroat Mirziyoyeva so‘zining yakunida yigit-qizlarga murojaat qilib, shunday dedi: “Bugun siz iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatning oldingi safidasiz. Sizning qatʼiy shijoatingiz, yangi g‘oyalar va tashabbuslaringiz hammamizni umumiy maqsad sari yanada birlashtiradi. Shuni bilingki, sizning faolligingiz, saʼy-harakatlaringiz hayotimizni, Yer sayyorasi atalmish umumiy makonimizni  albatta o‘zgartiradi”.

    Tadbir davomida O‘zbekiston, Vengriya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ekofaollari hukumatlarni yosh avlodning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga chaqiruvchi bayonot bilan chiqdi.

    Foto: O‘zA

    Shuningdek, yoshlar mintaqaviy, shu jumladan O‘zbekistonda o‘tkazilgan ekologik oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini taqdimot qildi.

    Asosiy takliflar — Xalqaro maslahat qo‘mitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlimga oid loyihalarni muvofiqlashtirish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladigan raqamli platforma yaratish, shuningdek, barqaror rivojlanishni ilgari surish va yoshlar o‘rtasida ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan Young Climate Champions xalqaro ekofaollar hamjamiyatini tashkil etish.

    Foto: O‘zA

    “Transchegaraviy ekotizimlar” loyihasi transchegaraviy tabiat obyektlari - qo‘riqxonalar, daryolar va hayvonlarning migratsiya yo‘nalishlarini asrash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

    Ekofaollar vizual kontent, shu jumladan VR-videolavhalardan iborat interfaol o‘quv xaritasini namoyish etdi.

    Foto: O‘zA

    Ushbu tashabbuslarning barchasi real hayotga ko‘chmoqda, ularni barqaror amalga oshirish uchun davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh ekofaollar, tadbirkorlar, olimlar va ekspertlardan iborat Ekologik kun tartibi bo‘yicha maslahat qo‘mitasi tashkil etildi.

    Qo‘mita qarorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiyaning yoshlar ishlari, ekologiya va taʼlim vazirlaridan iborat nufuzli Vasiylik kengashi tuzildi.

    Foto: O‘zA

    Maslahat qo‘mitasi bosh qarorgohi Toshkentda joylashgan yangi Butunjahon yoshlar ofisida faoliyat yuritadi. Mazkur ofis huzurida global miqyosda yoshlar tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham ish olib boradi.

    Forumning asosiy voqeasi O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024-2030-yillarda Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha xalqaro strategiyaning imzolanishi bo‘ldi.

    Foto: O‘zA

    Yosh ekofaollarning tavsiyalariga asoslangan ushbu hujjat iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalarida davlat organlari, taʼlim muassasalari, jamoat va ilmiy tashkilotlar, bolalar va yoshlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik uchun global zamin yaratishga qaratilgan. Strategiya yosh avlodning ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga, jumladan, ekologik taʼlim va “yashil” ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

    Foto: O‘zA
    Foto: O‘zA
    12.11.2024, 19:23   Izoh (0)   6241
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ziroat Mirziyoyeva

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston, Turkiya, Eron va Qirg‘iziston birinchi xonimlari Toshkentda xalqaro forumda ishtirok etdi (foto)

    09.11.2023, 15:37

    Ziroat Mirziyoyeva Italiya prezidentining qizi bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

    11.11.2023, 13:55

    O‘zbekistonning birinchi xonimi G‘azoda o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

    16.11.2023, 08:55

    O‘zbekistonning birinchi xonimi Qatarda xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi

    30.11.2023, 00:03

    Ziroat Mirziyoyeva Qatarda “Sidra” tibbiyot majmuasida bo‘ldi (foto)

    30.11.2023, 14:43

    “Yuksalish” harakati ilk bor Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini e’lon qildi

    20.12.2023, 09:52

    O‘zbekiston birinchi xonimi Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi (foto)  

    24.01.2024, 20:00

    “Daryo” dayjesti: 14-fevralning eng muhim xabarlari

    14.02.2024, 22:15

    Ziroat Mirziyoyeva FAO bosh direktori o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    14.02.2024, 21:00

    Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onadagi “Mehrli maktab” filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi

    19.04.2024, 18:05

    “Daryo” dayjesti: 19-aprelning eng muhim xabarlari

    19.04.2024, 22:40

    Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi

    19.04.2024, 23:10

    “Bolalar kelajakda sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish bizning burchimizdir” — Ziroat Mirziyoyeva

    05.06.2024, 19:05

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    05.06.2024, 22:15

    O‘zbekiston va Koreya birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    14.06.2024, 22:40

    Ziroat Mirziyoyeva JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi 

    25.06.2024, 19:18

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    25.06.2024, 22:15

    Samarqandda 140 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida mintaqaviy inklyuziv IT-oromgoh yakunlandi

    27.06.2024, 16:32

    Ziroat Mirziyoyeva Samarqandda ochilgan “Mehrli maktab” gospital maktabi filiali o‘quvchilarini borib ko‘rdi

    27.06.2024, 17:30

    Ziroat Mirziyoyeva Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari bilan birga Zarafshon milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi

    27.06.2024, 20:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    27.06.2024, 22:10

    Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)

    18.07.2024, 12:45

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    18.07.2024, 23:10

    O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    23.08.2024, 22:40

    Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan Respublika inklyuziv IT oromgohi yakuniga yetdi

    30.08.2024, 21:41

    Ziroat Mirziyoyeva ambulator sharoitda davolanadigan bolalar uchun mo‘ljallangan “Mehrli maktab”ni borib ko‘rdi

    30.09.2024, 21:58

    “Daryo” dayjesti: 30-sentyabrning eng muhim xabarlari

    30.09.2024, 22:45

    Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi (foto)

    16.10.2024, 16:45

    Ziroat Mirziyoyeva “Yosh fermer” loyihasi doirasida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan “Daladan dasturxongacha” ekologik taʼlim festivalida qatnashdi (foto)

    16.10.2024, 17:45

    “Daryo” dayjesti: 16-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    16.10.2024, 22:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA — O‘zbekiston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi

    Sport | 25 may, 13:30

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.