Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlarining rafiqalari qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.
Birinchi xonimlar Qibray tumanidagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga ham tashrif buyurdi.
Bu yerda alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Loyiha doirasidagi birinchi muassasa 2019-yilda Nukusda, keyin Qarshi va Zarafshonda ochilgan, kelajakda butun respublika bo‘ylab tashkil etish rejalashtirilgan.
Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, ushbu ezgu g‘oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Izoh (0)