Samarqandda Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan kelgan 140 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida mintaqaviy inklyuziv IT-oromgoh yakunlandi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yoshlar dasturlash, 3D-modellashtirish, sxemotexnika va elektrotexnika asoslarini o‘rgandi.

Besh kun davomida maktab o‘quvchilari tajribali mentorlar rahbarligida nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘ldi, balki hamfikrlar bilan tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

IT-oromgohning yopilish marosimida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar egallagan ko‘nikmalarini faxr bilan namoyish etdi hamda Ziroat Mirziyoyeva bilan IT sohasidagi bo‘lajak kasbini tanlash rejalari bilan o‘rtoqlashdi.




Izoh (0)