Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston-Koreya sammiti doirasida O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi birinchi xonimi Kim Kon Xi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.


Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat davomida xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.


Oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy sanʼat ustalarining ijod namunalari bilan tanishdi, xalqimiz anʼana va urf-odatlari namoyish etildi.

Izoh (0)