• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuksalish” harakati ilk bor Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini e’lon qildi

    “Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda mintaqa ekspertlari ko‘magida ilk bor “Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari” reytingini tuzdi.

    Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati

    Reytingga kiritilgan ayollar mintaqada turli sohalarga, shu jumladan, siyosat, biznes, taʼlim, fan, sanʼat va ijtimoiy masalalarga ijobiy taʼsir ko‘rsatgan. Nomzodlar ro‘yxati shakllantirilgach, harakatning mintaqa miqyosidagi ekspertlar guruhiga taqdim etilgan. Ekspertlar nomzodlarni ham matematik, ham empirik metodlarga tayangan holda saralagan.

    Saralash jarayonining birinchi bosqichida nomzodlar quyidagilarga qarab baholangan:

    • egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga taʼsir qilish darajasi (10 ball);
    • iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi (10 ball);
    • ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligi (5 ball).

    Ikkinchi bosqichda mintaqaning 300 yaqin ekspertlar ishtirokida onlayn ovoz berish jarayoni o‘tkazilgan. Ovoz bergan ekspertlar tarkibida inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanlar, mintaqaning yetakchi “aql markazlari” rahbarlari, parlamentariylar, akademiklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bor.

    Ekspertlarning taʼkidlashicha, Tanzila Norboyeva O‘zbekiston tarixida Senatga raislik qilayotgan ilk ayol. Bungacha u Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. “Shuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2019-yilda “Eng faol davlat arbobi — O‘zbekistonda yil odami” cifatida eʼtirof etilgan.

    Roza Otunboyeva Markaziy Osiyodagi birinchi ayol prezident. Bugunda Qirg‘iz Respublikasi rivojiga ko‘p tomonlama hissa qo‘shayotgan “Roza Otunboyeva tashabbusi” jamoat fondi asoschisi. U yetakchilik, diplomatiya, faol fuqarolik va xalqaro hamkorlik sohalarida 35-yildan ortiq kasbiy tajribaga ega. Fuqarolik jamiyati, davlat va xususiy sektorlar hayotini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun Quvayt mukofoti bilan taqdirlangan.

    Ekspertlar, shuningdek, Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi sog‘liqni saqlash, taʼlim, yollar, bolalar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va qariyalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirib kelayotganini eʼtirof etgan. Birinchi xonim xalqaro miqyosdagi yirik anjumanlar, sammitlarda faol ishtirok etib, ijtimoiy muloqotni mustahkamlashga, o‘zbek jamiyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

    Ozoda Rahmon Tojikiston hukumatida yuqori lavozimlardagi faoliyatidan tashqari, o‘zining xayriya ishlari, mamlakatda ayollar huquqlari va taʼlim sohasidagi islohotlarga taʼsir ko‘rsatishi bilan tanilgan.

    Qozog‘iston prezidenti huzuridagi Fanlar akademiyasi prezidenti Kunsulu Zakariyo biologiya fanlari doktori, professor, Al-Farobiy nomidagi fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti laureati. Olima ayol Qozog‘iston ilm-fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in (QazVac) vaksinasini ishlab chiqqan. 200 dan ortiq ilmiy nashrlar hamda ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, ixtirolar va meʼyoriy-texnik hujjatlar muallifi.

    Myahri Byashimova Turkmaniston tashqi ishlar vazirligidagi faoliyatidan tashqari, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, yangi ekologik toza texnologiyalardan foydalanishga oid loyihalarni faol ilgari suradi, bu bo‘yicha BMTning yuqori darajadagi yig‘ilishlarida ishtirok etib keladi.

    Umut Shayaxmetova Qozog‘istonda ayol biznes yetakchilaridan biri. U boshqarayotgan Xalq banki Markaziy Osiyodagi yirik banklardan biridir. 2023-yilda nufuzli xalqaro nashr – International Banker’ga ko‘ra, Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi bank deb topildi. Shuningdek, Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘lgan birinchi ayoldir.

    Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda so‘z erkinligini taʼminlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, shuningdek, gender tengligi masalalari bo‘yicha faollik ko‘rsatib, xotin-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Jamiyatdagi muammolarni ko‘tarib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga munosabatini bildirib keladi. Xalqaro minbarlarda O‘zbekiston nomidan so‘zga chiqib, yirik taʼlimiy va madaniy, ekologik loyihalarni taqdim etmoqda.

    34 yoshli Dunyogo‘zal Gulmanova Turkmaniston tarixida parlamentning eng yosh spikeri hisoblanadi. Ekspertlar uning ushbu lavozimga saylanishini mamlakat siyosiy manzarasida muhim o‘zgarishlardan darak ekanini taʼkidlagan. Oxirgi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, deputatlarning 25,60 foizini ayollar tashkil etdi. Deputatlar tarkibi sezilarli darajada yoshardi: qariyb 10 foizi 30 yoshgacha, 40,80 foizi esa 40 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir.

    20.12.2023, 09:52   Izoh (0)   40031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning istiqbolli rahbarlari reytingi e’lon qilindi

    20.11.2020, 03:55

    O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi

    18.04.2021, 18:12

    Eng keksasi Kogonda, iqtisodchilar ko‘p — “Yuksalish” harakati tuman va shaharlar hokimlari haqida

    02.08.2023, 08:06

    Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev qamoqqa olindi 

    20.12.2023, 08:44

    O‘zbekistonda 15 kunda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 73 mlrd so‘m zarar yetkazdi 

    19.12.2023, 22:07

    “Homiladorlar ham zinadan chiqib-tushishga majbur”. Termizliklar foydalanishga topshirilgan 7 qavatli “dom”da lift yo‘qligidan shikoyat qilmoqda

    19.12.2023, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.