• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

    Ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Milliy qonunchilikni JST meʼyorlari va qoidalariga uyg‘unlashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xalqaro savdoni tartibga solish masalalarida o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Muzokaralarni yakunlash va yaqin yillarda O‘zbekistonning tashkilotga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

    O‘zbekiston nima uchun JSTga aʼzo bo‘lishi kerak?

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 1998-yilda tashkil etilgan edi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi.

    2018-yili mustaqil ekspert, JST masalalari bo‘yicha huquqshunos Umida Haqnazar O‘zbekiston jahon savdo tashkilotiga kirishi xususida fikr bildirgan edi.

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etib, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, eksportni o‘stirish va kengaytirishda, bozor islohotlarini davom ettirish barqarorligini taʼminlashda yordam berishi mumkin. Texnik tartibga solish, bojxona maʼmuriyatchiligi, xizmat sohasidagi qonunchilik bo‘yi­cha institutsional islohotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnik rivoj­lanishning dunyo miqyosidagi jarayoniga integratsiya­lashuv imkoniyatini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Bu ishbilarmonlik va raqobat muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi. JSTga aʼzo bo‘lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo‘lmagan imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi. Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi”, degan edi u.

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2020-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi bilan rasman qayta tiklandi. Shundan so‘ng 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Freepick

    2023-yil sentyabrida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

    2024-yilning fevralida O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirilishi aytilgan edi. May oyi oxirida O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi yuzasidan ishchi guruhning Jenevada bo‘lib o‘tgan sakkizinchi yig‘ilishida mamlakatning ushbu tashkilotga qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlari yuqori baholagandi.

    Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qilgan edi. Unda JSTning ko‘magi bilan O‘zbekistonda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazini tashkil etish taklif etilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni” konferensiyasi doirasida JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgandi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi davlat rahbari uchun o‘ta muhim ustuvor masala ekaniga alohida eʼtibor qaratilgan.

    JSTning yettinchi bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala tashkilotga aʼzolik haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi:

    JSTga aʼzo bo‘lishning ko‘plab afzalliklari bor. Mamlakat qilishi kerak bo‘lgan narsa – bor imkoniyatlardan foydalanish. Tashkilot aʼzolari dunyo savdosining 98 foizini qamrab oladi va siz unga aʼzo bo‘lish orqali boshqalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. JSTga aʼzolik O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilariga jahon bozoriga chiqib, raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlarini beradi. Tashkilotga aʼzo bo‘lgan mamlakatlar yuqoriroq iqtisodiy o‘sish surʼatlarini ko‘rsatmoqda.
    So‘nggi o‘n yilliklarda JSTga qo‘shilgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda. 2024-yil may oyida Jenevada JST aʼzolarini qiziqtirgan asosiy masalalar bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi.

    5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilgan yuqori darajadagi konferensiya prezident yordamchisi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘lganini qayd etdi.

    Avvalroq “Daryo” O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) yanada chuqurroq integratsiyalashuvi va Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish borasidagi sa’y-harakatlari murakkab dilemmani keltirib chiqarayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.

    Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 9-yig‘ilishi 2024-yilning 5-6-dekabr kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishini maʼlum qildi.

    13.11.2024, 18:22   Izoh (0)   2458
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#JST

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 19-fevralning eng muhim xabarlari

    19.02.2024, 22:15

    JST bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi ishga tushiriladi

    26.02.2024, 21:40

    Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikatsiya qildi

    28.02.2024, 18:45

    O‘zbekistonda Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi tashkil etiladi

    30.03.2024, 10:00

    “O‘zenergosotish” bilan UzGasTrade’ning gaz va elektroenergiya tashqi savdosi bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

    04.06.2024, 10:21

    O‘zbekistonda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etilishi mumkin

    05.06.2024, 18:37

    “Xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi 85 foizga yetkaziladi” — O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish yo‘lidagi rejalari aytildi

    07.06.2024, 10:58

    O‘zbekistonda patentlangan obyektlardan noqonuniy foydalanish qisqartiriladi

    08.06.2024, 14:19

    “O‘zbekiston raqobatdan qo‘rqmasligi kerak” — JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala

    11.06.2024, 14:49

    AQSH O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

    13.06.2024, 14:20

    “AQSH O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatlaydi” — AQSH savdo vakili Ketrin Tay

    14.06.2024, 22:45

    “Daryo” dayjesti: 13-sentyabrning eng muhim xabarlari 

    13.09.2024, 23:05

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi 

    11.11.2024, 23:55

    Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi? Sherzod Asadov javob berdi 

    12.11.2024, 15:33

    Iqlim tufayli yo‘qotishlarni baholash markazi, innovatsion agrosanoat xab: Shavkat Mirziyoyev BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida qanday tashabbusla...

    12.11.2024, 17:45

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi

    12.11.2024, 18:07

    O‘zbekiston—Finlyandiya o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi tayyorlanadi

    12.11.2024, 18:59

    O‘zbekiston—Chernogoriya hukumatlararo komissiya tuzilishi rejalashtirilmoqda

    12.11.2024, 19:28

    Shavkat Mirziyoyev YTTB va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    12.11.2024, 20:44

    “Oq oltin” kulfati. O‘zbekiston nega paxta qulligiga mahkum etilgan edi? Tarix, sabablar va oqibatlar haqida

    13.11.2024, 08:00

    Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim sammiti doirasida xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi 

    12.11.2024, 21:55

    Tramp yangi muddatni noqonuniy migrantlarga qarshi choralar bilan boshlaydi — OAV 

    13.11.2024, 00:25

    Prezidentning Bokudagi iqlim sammitida ishtiroki, faollik darajasi pasaygan uy-joy bozori, Farg‘onada pora olayotganda ushlangan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi ma...

    12.11.2024, 23:05

    Ilon Mask Trampning bo‘lajak administratsiyasida ish boshlaydi

    13.11.2024, 08:50

    Pentagon Ukrainaga ajratish uchun qancha pul qolganini oshkor qildi

    13.11.2024, 10:00

    “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi

    13.11.2024, 10:45

    Tramp teleboshlovchiga AQSH mudofaa vaziri bo‘lishni taklif qildi

    13.11.2024, 12:20

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berdi

    13.11.2024, 13:31

    “Isroil, albatta, Turkiyaga hujum qilishi mumkin” — Turkiya mudofaa vaziri

    13.11.2024, 15:13

    Bokuda Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev uchrashuv o‘tkazdi

    13.11.2024, 14:36
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.