• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zenergosotish” bilan UzGasTrade’ning gaz va elektroenergiya tashqi savdosi bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

    “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

    Foto: WTO

    Hujjatga muvofiq, qonunchilik bilan taqdim etilgan quyidagi maxsus (eksklyuziv) huquqlar bekor qilinadi:

    2025-yil 1-yanvardan boshlab:

    • “O‘zmetkombinat” AJning respublika hududida qora metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) huquqi;
    • “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning respublika hududida rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash hamda eksport qilish huquqi;
    • “O‘ztreyd” AJning konsignatsiya shartlarida oziq-ovqat uni va bug‘doyni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat xavflaridan eksport shartnomalarini sug‘urtalash polislarini taqdim etmasdan eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tushirish huquqi;
    • “O‘zkimyoimpeks” MCHJning “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari kimyoviy mahsulotlari eksporti hamda ularning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importini amalga oshirishdagi yagona agent huquqi.

    2026-yil 1-iyuldan boshlab:

    • UzGasTrade AJning tabiiy gazni yagona eksport qiluvchi va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish bo‘yicha yagona operator sifatidagi huquqi;
    • “O‘zenergosotish” AJning elektr energiyasining eksporti va importini markazlashgan tartibda amalga oshirish huquqi.

    Belgilanishicha, 2025-yil 1-yanvardan boshlab qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gaz hamda elektr energiyasining ulgurji va chakana savdo faoliyatlarini litsenziyalash tartibi joriy etiladi.

    Shuningdek, mobil va (yoki) simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega O‘zbekiston hududida faoliyat yuritadigan telekommunikatsiya operatorlariga tezkor-qidiruv faoliyati, axborot va kiberxavfsizlik tizimlari talablariga to‘liq rioya qilgan holda sinov tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga o‘z tijorat ehtiyojlari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish huquqi beriladi.

    2026-yil 1-iyuldan boshlab “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadigan korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi preferensiyasi hamda mahalliy ishlab chiqarilgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi bekor qilinadi.

    Davlat xaridlarini amalga oshirishda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab byudjet buyurtmachilari tomonidan, shu jumladan, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tuziladigan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar tegishli tartibda G‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan (hisobga olingandan) so‘ng amalga oshiriladi.

    Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Savdo bilan bog‘liq investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (TRIMs), shu jumladan, mahalliylashtirish yoki eksport qilish bo‘yicha majburiyatlarni qo‘llamaslik talablariga moslashtirish maqsadida 2024 yil 1 avgustga qadar:

    • Energetika vazirligi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston tomonidan imzolangan barcha mahsulot taqsimotiga oid bitimlarning to‘liq xatlovini;
    • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “O‘zavtosanoat” AJ bilan birgalikda hukumat tomonidan imzolangan barcha investitsiya bitimlari xatlovini yakuniga yetkazadi va ularning yakunlari bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

    Avvalroq prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ushbu hujjat erkin bozor yaratish uchun amalga oshirilayotgan choralarning uzviy davomi bo‘lgani haqida yozgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 19-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

    04.06.2024, 10:21   Izoh (0)   4480
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senat O‘zbekiston qonunchilik normalarini JST bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi

    20.01.2024, 09:15

    O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi

    16.02.2024, 11:36

    “O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish qarorida qat’iy. Buning uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz” — Jamshid Xo‘jayev

    29.05.2024, 14:57

    O‘zbekistonda tirik insonlar sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatish taqiqlandi

    04.06.2024, 09:56

    Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi 

    04.06.2024, 09:35

    Termizda uchta avtomobil to‘qnashuvida Nexia-3 to‘liq yonib ketdi (video)

    04.06.2024, 09:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46

    Dizaynerlar qo‘lida bor narsalardan yaratgan: mashhur filmlardagi afsonaviy kostyumlar

    Kino | 16 avgust, 15:30

    OpenAI ChatGPT ilovasidan qancha daromad olgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 16 avgust, 15:11

    Avstraliyalik olimlar mahalliy qushlarning ayrim turlari jinsini o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 14:59

    Taqiqlangan diniy materiallar tarqatgan jizzaxlik 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.