• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    “Xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi 85 foizga yetkaziladi” — O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish yo‘lidagi rejalari aytildi

    Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston hukumati vakillari, Jahon savdo tashkiloti (JST) rahbari, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi rasmiylari ishtirok etdi.

    Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

    Tadbir avvalida O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, JSTga aʼzo bo‘lish savdo erkinligi va iqtisodiyot o‘sishga katta turtki berishini aytdi.

    Saida Mirziyoyeva
    Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
    “Oxirgi 14 oyda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish bo‘yicha uchta ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi. Hozirgacha 14 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Bu tashkilotga aʼzo bo‘lish jarayoni oson emas. Unga hech bir mamlakat haqiqiy o‘zgarishlar qilmasdan kirolmaydi. Bir necha kun oldin prezident Shavkat Mirziyoyev qator davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlarini bekor qiluvchi farmonni imzoladilar. Ushbu uzoq muddatli muammo ko‘plab davlat korxonalariga bozor iqtisodiyotiga o‘tish imkonini bermadi va pirovardida xususiy sektor uchun teng imkoniyatlarni cheklab keldi”, — dedi prezident yordamchisi.

    Anjumanda O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga aʼzo bo‘lish niyatida ekani eslatib o‘tildi. Tadbirda Toshkentga tashrif buyurgan JST bosh direktori Ngozi Okonjo–Iveala ham ishtirok etib, bunday yirik savdo tashkilotiga aʼzolik siyosiy irodasiz amalga oshmasligini aytdi.

    Ngozi Okonjo–Iveala
    Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
    “Hech bir davlat JSTga aʼzolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan. Men O‘zbekiston hukumatida kuchli siyosiy irodani ko‘rib turibman. Toshkentga tashrifim chog‘ida mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi prezident farmoni eʼlon qilindi. Bu muhim hujjatlardan hisoblanadi. Aytmoqchimanki, respublikaning bizning tashkilotga qo‘shilish jarayoni to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda”, — dedi Ngozi Okonjo–Iveala.

    Anjumanda bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev JSTga qo‘shilish yo‘lida qator sohalarda o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini aytdi.

    “Hukumat uchun JSTga aʼzo bo‘lish ustuvor masala. Hozirda bojxona, intellektual mulkni himoya qilish sohalarida o‘zgarishlar qilinmoqda. Shuningdek, import litsenziyasi, oshkoralik, savdo rejimini liberallashtirish, soliqlar va boshqa yo‘nalishlarga doir 26 ta hujjat tarjima qilinib, o‘zimizning tizimga kirityapmiz. Davlat ulushi bor korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha 4 ta qonun ishlab chiqmoqdamiz. Bundan tashqari, oziq–ovqat masalasida ham milliy qonunchilikni yangilayapmiz”, — dedi hukumat rasmiysi.
    Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

    Konferensiyada prezident maslahatchisi Ravshan G‘ulomov 2030-yilgacha O‘zbekistonda erishilishi kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

    “Kelgusi 7 yil ichida mamlakatda davlat korxonalari sonini 6 barobarga qisqartirilib, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi 85 foizga yetkazish rejalashtirilgan. 2030-yilgacha respublikada kambag‘allik darajasini 7 foizgacha pasaytirish ko‘zda tutilgan. Mazkur muddat mobaynida eksport ulushini 45 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda tayyor mahsulot ulushi kamida 3 barobarga oshiriladi. 2030-yilgacha mamlakatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari jami ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 40 foiziga yetishi kutilmoqda”, —dedi prezident maslahatchisi.
    Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

    Anjuman doirasida panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqotlarda milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish, erkin savdoga yo‘l ochish, oziq–ovqat xavfsizligi va boshqa mavzular muhokama qilindi.

    07.06.2024, 10:58   Izoh (0)   5545
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida noqonuniy ish uchun pul olgan soliqchilar ushlandi (video)

    07.06.2024, 10:38

    O‘zbekistonda 8-iyun kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    07.06.2024, 10:09

    Qoraqalpog‘istonda Cobalt pastlikka ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi

    07.06.2024, 09:49

    Toshkentning uchta tumani hududida elektr, ikkitasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi 

    07.06.2024, 09:33

    Toshkentda BMW’da drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi

    07.06.2024, 09:19

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya xalq amaliy sanʼati va taomlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

    07.06.2024, 08:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.