Oliy xalq prokuraturasi Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining targ‘ibot bo‘limi mudirining sobiq o‘rinbosari Chjan Szyanchunni pora olishda gumon qilib, hibsga olishga order berganini ma’lum qildi.
“Oliy xalq prokuraturasi qonun hujjatlariga muvofiq Chjan Szyanchunni pora olishda gumon qilib, hibsga olishga qaror qildi. Ish bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Qayd etilishicha, tergov Xitoy Xalq Respublikasi davlat nazorat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda 100 000 yuangacha (taxminan 176 million so‘m) miqdorda pora olganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan. Pora miqdori 100 000 yuandan oshsa, aybdorlar 10 yildan to umrining oxirigacha qamalishi mumkin. 3 million yuandan (taxminan 5,3 milliard so‘m) ortiq miqdordagi pora olganlik uchun esa o‘lim jazosi belgilangan.
Bundan tashqari, mazkur jinoyatda aybdor deb topilgan shaxs va uning oilasining barcha unvonlari bekor qilinib, mol-mulki musodara etiladi.
Izoh (0)