• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi

    Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qarorda keltirilishicha, Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish hamda qurilishni rejalashtirish sifati va darajasini oshirish, shaharning me’moriy-rejalashtirilgan qiyofasini hamda infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsad qilingan.

    Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi.

    Har qanday qurilish ishlarini amalga oshirish tasdiqlangan bosh reja asosida belgilangan tartibda ushbu hududning master rejasi, batafsil rejalashtirish loyihasi yoki qurilish loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlagan holda amalga oshiriladi.

    Bosh rejaning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bo‘yicha Toshkent shahar hokimining hisoboti har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisida eshitib boriladi.

    Bosh rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad:

    • qurilishga ruxsat berish jarayonlarini tartibga solish;
    • shaharning muhandislik hamda yo‘l-transport infratuzilmasini, aholi zichligi parametrlarini, shuningdek, umumiy strategiyasini rejelashtirish;
    • shaharning yashil va sanitar himoyalanadigan hududlari hamda madaniy merosini muhofaza qilish;
    • iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yo‘llarini belgilash;
    • aholining bugungi va istiqboldagi talablarini qanoatlantirish.

    Bosh rejada quyidagi muammolarni hal qilishga alohida e’tibor qaratilgan:

    • Toshkent shahrining hududlarini zonalarga ajratish
    • aholining harakatlanishiga bo‘lgan talabni qondirish hamda transport oqimi barqarorligini ta’minlash
    • shaharning hududlari zichlik parametrlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida shaharsozlik talablarini belgilash.

    Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi qaroriga muvofiq shaharlarning bosh rejalarini soddalashtirilgan ko‘rinishda ishlab chiqishga ruxsat etilgan. 

    Soddalashtirilgan ko‘rinishdagi bosh reja Toshkent shahrining hududlarini quyidagi zonalarga ajratib beradi:

    • konservatsiya zonalari
    • rekonstruksiya zonalari
    • renovatsiya zonalari.

    Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi. Bu zonada qo‘shimcha turar va noturar bino hamda inshootlar qurish taqiqlanadi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o‘rnida yangi qurilishlar va taʼmirlash amalga oshiriladi. 

    Hujjatda belgilanishicha, poytaxt hokimligi 3 oy muddatda Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘jjallangan bosh rejasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.

    Qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh rejaga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshiradi.

    Toshkent bosh rejasi haqida 

    Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 9-oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishgandi. Davlat rahbari poytaxtni kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini taʼkidlagandi.

    Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektarni tashkil qiladi, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi. Davlat rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgan edi. Unda berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi.

    Bosh rejani tayyorlash muddati bir necha bor qoldirilgan edi

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2012-yil yozida Toshkent shahri va uning atrofi bosh rejasining 2030-yilgacha hisoblangan texnik-iqtisodiy asoslari muhokama qilingani haqida xabar berilgan. 2018-yilning avgustidagi prezident farmonida poytaxtning tasdiqlangan bosh rejasi mavjud emasligi “tartibsiz qurilishlarga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada kengaytirishga imkon bermayapti, shuningdek, poytaxtni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda”, deya qayd etilgandi.

    Shahar hokimiga 2018-yil 1-oktabrga qadar bosh reja konsepsiyasining loyihasi hamda bosh rejaning o‘zini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov o‘tkazish topshirilgan.

    2019-yilning fevral oyida poytaxt hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sobiq birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov (hozirgi Chirchiq shahar hokimi) Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi o‘sha yilning apreliga qadar 3D formatda tayyorlanishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, u loyihani yaratish ustida Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib borayotganini qayd etgan edi.

    Keyinchalik belgilangan muddatlar ortga surildi — ishlab chiqishda turk kompaniyasi ishtirok etgan hujjat 2020-yilda taqdim etilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

    O‘sha vaqtda Qurilish vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Sherzod Xidoyatov 2020-yil dekabr oyida Toshkentning bosh rejasini ishlab chiqish 2022-yil oxirigacha yakunlanib, aholiga taqdim etilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Ushbu muddat hukumat tomonidan tasdiqlangan muddatga mos keladi.

    Prezidentning 2020-yil noyabrdagi qarori bilan 2025-yilgacha O‘zbekistonning barcha shaharlari va shahar posyolkalarining to‘rtdan bir qismini bosh rejalar bilan qamrab olish belgilangan. Bunda loyiha hujjatlari jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanishi lozim edi.

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 18-oktabr kuni “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasiga borib, Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi bilan tanishgandi. O‘shanda Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi “Yangi Toshkent” konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangani aytilgan. Bu yangi shahar poytaxtning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etiladi. 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.

    2023-yil 16-yanvar kuni prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olgandi. Yig‘ilishda davlat rahbari poytaxtning bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora ko‘rilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirilgandi.

    26.12.2024, 12:05   Izoh (0)   13076
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Toshkent bosh rejasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bir million kishilik yangi shahar quramiz” — Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri kengaytirilishini aytdi 

    10.04.2023, 11:50

    Toshkent shahar elektr tarmoqlari nega tez-tez chiroq o‘chayotganiga izoh berdi

    15.06.2023, 18:11

    Toshkent shahrining yangi bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratiladi

    11.07.2023, 15:12

    Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun qaysi kompaniyalar jalb qilingani ma’lum bo‘ldi

    24.07.2023, 10:13

    “Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi

    16.08.2023, 23:04

    “Birinchi marta bunday shahar quryapmiz”: Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘ladi 

    05.09.2023, 22:57

    Prezident Toshkentda ko‘p qavatli uylar atrofiga “blokator”lar o‘rnatish avj olayotganini tanqid qildi

    29.01.2024, 12:15

    Toshkent viloyatining poytaxtga chegaradosh hududida poligon quriladi 

    30.01.2024, 17:18

    “Shaharsozlik bosh rejasi tasdiqlanmasdan qurilish bo‘lyapti” — Aziz Abduhakimov 

    30.01.2024, 17:28

    Viloyat hokimlariga yil yakunigacha kamida 10 tadan hududining “master reja”sini ishlab chiqish topshirildi

    23.09.2024, 18:38

    Toshkent shahri 7,5 mln odam yashashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantiriladi 

    09.10.2024, 20:11

    Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Toshkent viloyatidan yana yer ajratildi

    25.10.2024, 14:10

    Yangi Toshkentda yerlar savdoga chiqarilmoqda: 2,7 gektar yer ikki baravar qimmatga sotildi

    31.10.2024, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.