O‘zbekistonning qaysi hududida avtotransport vositalarini ta’mirlash xizmatlariga talab yuqori ekani ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va motosikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 10,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va motosikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi:
- Qoraqalpog‘iston Resp. – 598,2 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 530,6 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 412,2 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 895 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 615,7 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati — 204 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati – 679,2 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati – 779,7 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 320,2 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 67 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati – 646 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 771,8 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 433,9 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri – 3 630,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Besh oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar—may oylarida turli rusumdagi 153 ming 814 dona yengil avtomobil (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan. Rusumlar bo‘yicha Cobalt yetakchi — 58 904 dona. Keyingi o‘rinlarda esa Damas (38 753 dona) va Tracker (18 079 dona) turibdi.
Shuningdek, Onix 16 215 dona ishlab chiqarilgan bo‘lsa, KIA 10 076 dona chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda:
- BYD —5 495 dona;
- Chery —3 362 dona;
- Haval —2 930 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar —17 397 dona.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi
May oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi aprel oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:

- Onix: ko‘p foydalanilgani 800 dollarga (13 800 dollardan 13 ming dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 220 dollarga (13 700 dollardan 13 480 dollarga);
- Lacetti: kam foydalanilgani 100 dollarga (14 800 dollardan 14 700 dollarga); ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (13 ming dollardan 12 900 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 75 dollarga (14 075 dollardan 14 ming dollarga);
- Cobalt: kam foydalanilgani 144 dollarga (12 700 dollardan 12 556 dollarga);
- Nexia: o‘rtacha foydalanilgani 100 dollarga (11 ming dollardan 10 900 dollarga);
- Spark: ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (8 900 dollardan 8 800 dollarga);
- Damas: ko‘p foydalanilgani 200 dollarga (7 200 dollardan 7 ming dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 200 dollarga (7 800 dollardan 7 600 dollarga), kam foydalanilgani 50 dollarga (8 050 dollardan 8 ming dollarga).
Izoh (0)