• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Avtomobillarga gaz ballon o‘rnatish narxlarini ikki barobar ortib ketishi, yukxonadagi “bomba” — mutaxassis bilan suhbat  

    “Daryo” muxbiri Sirdaryo viloyatida joylashgan Gas Equipment Servic avtomobillarga gaz ballon o‘rnatish shoxobchasida bo‘lib, jamiyat rahbari Bahrom Gulmurodov bilan suhbatlashdi. Suhbatda avtomobillarga qanday turdagi gaz ballonlar o‘rnatilayotgani, uni o‘rnatish  va uskunalar narxlarining keskin ortib ketishi hamda gaz ballonlarning portlab ketishi sabablari haqida so‘z bordi.

    “Gaz ballon bomba emas”

    Hozir odamlarda avtomobil gaz balloniga bo‘lgan munosabat ijobiy. Lekin ayrimlar uni mashinasiga o‘rnatishdan qo‘rqadi va gaz balloni borlarga qarata “bagaj”ida bomba olib yuribdi, deydi. Yo‘q, bu bomba emas. Hozirgi iqtisodiy holatdan kelib chiqilsa, gaz arzon va muqobil yoqilg‘i. Albatta, texnik xavfsizlikka rioya qilinsa, u xavfli emas. Agar xavfsizlikka amal qilinmasa, benzin ham keragicha xavf tug‘dira oladi.

    Bahrom Gulmurodov

    Bahrom Gulmurodov
    Foto: “Daryo”

    Avtomobil moyi vaqtida almashtirib yurilsa, gazning motorga salbiy ta’siri yo‘q. Motor qurib qolishi esa gazga bog‘liq emas. Motor qurishi moydan yoki ko‘rsatilgan texnik xizmat sifatsizligidan bo‘lishi mumkin.

    Bu sohaga 3 yil avval kirib kelganman. O‘sha paytda avtomobillar gaz ballon o‘rnatish uchun keladigan mijozlar soni ko‘proq edi, hozir esa kamaygan. 3 yil oldin kuniga 40 ta mashinaga gaz ballon o‘rnatilardi. Ayni paytda har kuni 30 ta mashinaga uskunalar o‘rnatilmoqda.

    Mijozlar kamayishiga sabab mashinalar narxi oshib ketganidan deb o‘ylayman. Menimcha, aholi orasida avvalgiga qaraganda avtomobil sotib oluvchilar soni kamaygan.

    Foto: “Daryo”

    Gaz ballon nima sababdan portlaydi?

    Biz hozirda ko‘p modellardagi avtomobillarga gaz ballonlar o‘rnatmoqdamiz. Xususan, chet elda ishlab chiqarilgan mashinalarga ham. Ishlayotgan ustalarimizning ko‘pchiligi iymon-e’tiqodli yigitlar. Bizda mas’uliyatni his qilmaslik ilojsiz. Agar o‘rnatilgan gaz ballonlarga biror kor-hol bo‘lsa, u bizning bo‘ynimizda, deb hisoblaymiz. Odamning hayoti o‘yinchoq emas-ku, ularning farzandlari bor. Kutilmagan falokatlardan Allohning o‘zi saqlasin.

    Oxirgi paytda mashinalar portlagani haqida xabarlar ko‘paydi. Menimcha, bunday baxtsiz hodisalar haydovchilarning loqaydligi sabab sodir bo‘ladi. Gaz ballon o‘rnatilgandan keyin haydovchi ustaxonadan chiqib ketayotganda: “balonni har 3 yilda bir tekshirtirishingiz kerak”, deb aytiladi. Afsuski, ayrimlar uskunani doimiy tekshiruvdan o‘tkazmaydi. Uzoqroq yuray, deb 3-4 so‘m berib, ko‘proq “davleniya” urdirishga harakat qilishadi. Bunda zapravkadagilarning ham o‘ziga yarasha mas’uliyati bo‘lishi kerak. Ayrimlar ballon gazi tugamasdan turib ustiga yana “davleniya” urdiradi. Balki, bu ishni yo‘limda to‘xtab yurmay, vaqtimni tejay, degan maqsadda qilar yoki ortiqcha damlatish xavfli ekanini bilmaydi. Biz gaz ballon lar sifatini tekshirib, keyin avtomobillarga o‘rnatamiz.

    Masalan, 2 oy ilgari Jizzax viloyati Oqoltin tumanida bir mashina portlab ketdi. Uning gaz ballonini hech kim o‘rnatmagan, mashinasi zavodda gaz ballonli holatda ishlab chiqarilgan. Gaz ballon usti qoplangan bo‘lgan. Haydovchi uskunaga qaramagan, uning ichiga “musor” to‘planib, nam tortgan. Ballon zanglab, tashqari tomondan yemirilgan. Gaz ballon ichkarisidan yemirilishi tabiiy, lekin tashqaridan zanglashi portlashni tezlashtiradi. Mashina gaz balloni ortiqcha bosimni ko‘tara olmagan.

    Foto: “Daryo”

    Ballonni metall shar sifatida tasavvur qiling, ichiga havo jo‘natilyapti, u shishadi va yana joyiga qaytadi. Metallni qayirasiz, to‘g‘rilaysiz, yana qayirasiz, to‘g‘rilaysiz. O‘sha ballonni boyagi joyi bo‘shashib, u yerdan metallning molekulalari qochadi. O‘sha joydan sinadi. Tashqari tomondan ham yemirila boshlasa, portlashga olib keladi.

    Avtomobil gaz balloniga e’tiborli bo‘lish kerak. Uni doimiy ravishda ustasiga ko‘rsatib turish zarur. Hozir ko‘pchilik qo‘liga “klyuch” ushlamay qo‘ygan. Mashina yurib turgandan keyin unga qarash lozim. Gaz ballonni mashinaga o‘rnatayotganda ustaxona xodimidan litsenziya bormi, deb so‘rash kerak. Uskunani ko‘chadagi noqonuniy ishlayotgan ustaxonalarda o‘rnatish kerakmas. Maxsus gaz o‘rnatadigan korxonalarda o‘rnatish zarur. Ko‘chadagilarning birortasi gaz ballon bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, bo‘yniga olmaydi.

    Avtomobilga gaz ballon o‘rnatilgach, gaz quyishdan oldin uni sinash kerak. Gaz ballon faqat bosim ortib ketishidan va uni devorlari bosimni ko‘tara olmasligidan portlaydi.

    Bizda tajriba yuqori. Korxonamizga avtomobillarga gaz ballonlar o‘rnatish uchun Toshkent shahri,Toshkent, Qashqadaryo viloyatlaridan ko‘pchilik keladi. Shu bilan birga, Samarqand, Jizzax, Sirdaryodan ham mijozlarimiz talaygina. Korxonamizda 20 yillik tajribaga ega xodimlar ham bor. Biz avtomobillarga SPG-1 metan ballonlarni o‘rnatamiz.

    Gaz ballon narxi nega qimmatlashdi?

    Hozirda Navoiy, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida 3 ta gaz ballon ishlab chiqaradigan zavodlar bor. O‘zbekistonga Xitoydan ham gaz ballonlar import qilinadi.

    Gaz ballon narxi ko‘tarilib ketishining asosiy sababi uskuna yetishmasligi bilan bog‘liq. Uning tanqisligi ortgach esa narxlar 2 barobarga yuqoriladi.

    Albatta, narxlar gaz ballon lar va ularni o‘rnatish uskunalari qayerda ishlab chiqarilganiga va sifatiga ham bog‘liq. Shunga qarab narxlar turlicha. Gaz ballonlar narxi 2021-yilning yoz oylarida osha boshlagan. Gaz ballon narxi ko‘tarilishi bilan, uni o‘rnatish uskunalari narxlari ham oshdi. Ammo ishchi kuchi, xizmat ko‘rsatish narxi ko‘tarilmadi. Chegara yopildi, xomashyo taqchil, deyishdi. Gaz ballon kamayib ketdi, ba’zida topa olmay ham qoldik. Keyin boshqa viloyatlardagi ustaxonalar bilan kelishib, gaz ballonlari bo‘lsa, sotib oldik.

    Benzin oshganidan keyin gaz ballon narxi ham oshib ketdi, degan gaplar noto‘g‘ri. Chunki benzin oshmasidan avval ham gaz ballonlar narxi ko‘tarilib borayotgandi. Gaz ballon taqchil bo‘lib qoldi. Zavodlarni mahsulot yetkazib berish imkoniyati kamayib ketdi. Odamlar bizni noto‘g‘ri tushunishadi. Narxlarni ataylab oshirishyapti, deb o‘ylashadi. Biz narxlarni mijozni “qochirib” ataylab oshirmaymiz-ku! Bizning daromadimiz o‘sha-o‘sha turibdi. Pulimiz ko‘payib ketgani yo‘q. Odamlar benzin ko‘tarilgan paytda gaz ballon narxi ham ko‘tarilib ketdi, degan xayolga borishdi. Aslida unday emas. O‘zlaring, sun’iy oshirgansizlar, degan fikrlar ham bo‘ldi. Men bu masalada nari borsa o‘zimning viloyatimdagilar bilan kelishishim mumkin. Lekin butun respublika viloyatlari bilan narxlarni oshirishga kelisha olmayman-ku! Qolaversa narxni oshir, deydigan tashkilot ham yo‘q. Hamma korxona alohida, erkin ishlaydi.

    Foto: “Daryo”

    Gaz ballon narxi aholi daromadlariga mosmi?

    Ochig‘ini aytsam, gaz ballonning hozirgi narxlari odamlarning real daromadlariga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Ular qiyinchilik bilan pul yig‘ib mashina oladi. Masalan, Rossiyada ishlab kelib avtomobil xarid qilishadi. Hayday desa, benzinning narxi qimmat, gaz ballon o‘rnataman desa u ham baland narxlarda.

    Oddiy mashina mingan odam 1 oyda 3-4 mln so‘m daromad olishi mumkin. Bu holatda bir necha oy yemay-ichmay pul to‘plasa, gaz ballon o‘rnatishi mumkin ekan. Men bunday bo‘lishini sira xohlamasdim. Agar o‘zimning ixtiyorim bilan narxni ko‘tarish kerak bo‘lganda, ko‘tarmagan bo‘lardim.

    Agar kimdir narxlarni sun’iy ko‘tarishgan deb o‘ylasa, xato bo‘ladi. Odamlar kutsam gaz ballon narxi tushadimi, deb ko‘p so‘rashadi. Bilmadim, deyman. Yordam bergim keladi, lekin ilojim yo‘q. Narx, bozor shunaqa. Biz ham gaz ballonni zararga qo‘yib bera olmaymiz-da. Ozroq kutishsa, balki zavodlar ishlab gaz ballon narxi tushib qolar.

    Foto: “Daryo”

    Gaz benzindan qanchalik arzon?

    Agar benzinning narxi pasaymasa, gaz ballonni qimmatga o‘rnatish o‘zini oqlaydi. Masalan, avtomobilingiz yangi bo‘lsa, unga sifati yuqori benzin quyasiz. Aytaylik, 9 ming so‘mlik. Kuniga 100 kilometr yurdingiz deylik: 10 litr benzin sarflansa, 90 ming so‘m bo‘ladi. Bu 1 oyda 2 million 700 ming so‘m, degani. Bunday holatda albatta, gaz ballon o‘rnatgan arzonga tushadi. Masalan, yuztalik gaz ballonni bir marta to‘ldirilsa (50 ming so‘m), Gentra avtomobili 280 kilometr yuradi. Gaz — benzindan ancha arzon yoqilg‘i. Shuning uchun ham hamma gaz ballon o‘rnatmoqda.

    Biz gaz ballon narxi oshgan paytda xizmat narxini oshirmadik. Chunki bu odamlarga ortiqcha xarajat bo‘lib ketardi va narxlar yanada qimmatlashardi. Ko‘pchilik ballon o‘rnatmoqchi bo‘lsa, qarz havola qilib, qiynalib mashina sotib olgan bo‘ladi. Biz ham xizmat narxini oshirib yuborsak, bu noinsoflik bo‘lardi. Agar gaz narxi tushsa, keyin xizmat narxlarini ko‘tarmoqchimiz.

    Bizda xizmat narxlari 3 yildan beri 20 ming so‘mgina ko‘tarilgan xolos. To‘g‘risi, sohadagi raqobatga 10 ming so‘m ham katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalaridan ozgina qimmat xizmat ko‘rsatsak, mijoz o‘sha korxonalarga boradi. Hozir sharoit shunday. 10 ming so‘m kim uchundir katta pul bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, qarz olib gaz ballon o‘rnatayotgan odam kichik summalarni ham hisob-kitob qiladi.

    Bizda bahor fasli va yoz boshlarida mijozlar kamayadi. Ko‘pchilik dehqonchilik ishlarini yoki qurilish boshlaydi.

    Gaz benzindan kuchsizroq chaqnaydi. Shuning hisobiga avtomobilning “oborot” olishi sekinroq bo‘ladi. Mashinalar dasturi benzinga mo‘ljallangan. Nega propan qo‘ydirish kamaydi? Chunki propanning narxi oshib ketdi. U suyultirilgan gaz bo‘lgani uchun benzin bilan xarajatlari teng bo‘lib qoldi. Shunga propanga bo‘lgan talab pasayib ketgan.

    Metan gaz ballonlarni kreditga yoki muddatli to‘lovga o‘rnatib beradigan korxonalar bor. Ammo hozir bizda yo‘q. Avval bor edi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtatganmiz. Hozirgi paytda faqat naqd pulga o‘rnatamiz, nasiyaga esa yo‘q.

    01.04.2022, 20:20   Izoh (0)   80516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rahimberdi Rahmonov: “Ramazon oyida musulmonlar farishtaning hayoti kabi yashaydi”

    01.04.2022, 20:08

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina olishi ko‘zda tutilgan aholining 93 foizi emlanib bo‘ldi

    01.04.2022, 19:59

    O‘zbekistonda 2023-yildan fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish amaliyotidan voz kechilishi mumkin

    01.04.2022, 19:23

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon parlamenti rahbari Sohiba Gafarova bilan uchrashdi

    01.04.2022, 19:07

    Farg‘onada birga tadbirkorlik qilishlarini aytib, fuqarodan 28 ming dollar olgan ayol ushlandi

    01.04.2022, 18:57

    O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ma’lum qilindi

    01.04.2022, 18:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.