AQShning Montana shtatida ignabargli daraxtlardan iborat o‘rmonda qurilgan hashamatli ko‘chmas mulk sotilmoqda, deb xabar beradi CARakoom.
E’tiborli jihati, ushbu uy avtomobillarni kolleksiyasi qilib yig‘ish uchun yaratilgan — 50 donagacha avtomobil sig‘adigan garajda ta’mirlash va yoqilg‘i quyish ishlarini amalga oshirish mumkin.20 akr hududdan iborat yer-mulk turli inshootlar jamlanmasidan iborat. U 836 kvadrat metrli hashamatli asosiy uyni, avtofurgonga mo‘ljallangan mehmonlar uchun alohida uy va xizmatkorlar uchun uyni o‘z ichiga oladi.
Biroq eng qiziq jihati alohida kirish qismiga ega bo‘lgan yer osti garaji hisoblanadi. Bundan tashqari, u ikkita ko‘targich, dinostendlar uchun ta’mirlash poli va ustaxonaning boshqa atributlari bilan jihozlangan. Bu malakali mutaxassislar yordamida mashinalar kolleksiyasini shu yerning o‘zida ta’mirlash imkonini beradi.
E’londa qayd etilishicha, uy hududida shaxsiy yopiq “avtomoyka”, Tesla quvvatlantirish stansiyasi va ko‘chada alohida yoqilg‘i quyish shoxobchasi mavjud. Bu kabi hashamat narxi 12 million dollarga baholanmoqda.
Avvalroq Kaliforniyada noyob Porsche’lar bilan to‘la hashamatli garajga ega uy sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.