Ukrainani qurollantirish maqsadida AQSH Xitoydan qarz olishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda amerikalik senator Rend Pol YouTube’dagi Mario Nawfal kanaliga bergan suhbatida ma’lum qildi.

“Ukraina mojarosiga yanada chuqurroq aralashib qolish xavfi mavjud. Shu bois, bizda mablag‘ yo‘qligini ta’kidlashda davom etmoqdaman va e’tiborimizni ichki muammolarga qaratganimiz ma’qulroq bo‘lardi Masalaning axloqiy jihati haqida istalganicha gapirish mumkin, biroq amalda vaziyat shunday. Ukrainani qurollantirish uchun biz Xitoydan qarz olishga majbur bo‘lmoqdamiz”, dedi senator.
Uning aytishicha, ko‘plab amerikalik siyosatchilar masalaning iqtisodiy tomonini e’tibordan chetda qoldirib, katta maqsadlarga intilishga tayyor.
Polning ta’kidlashicha, AQSHda harbiy yo‘l tarafdorlari deb ataladigan “lochinlar” harbiy mojaroni yanada ko‘proq moliyalashtirishni xohlaydi. “So‘llar” esa Kiyevga yanada ko‘proq yordam mablag‘i ajratmoqchi ekanligini aytadi.
Senatorning fikricha, AQSH hukumati Ukraina mojarosiga yanada chuqurroq aralashib, o‘zini qarzga botirish o‘rniga, e’tiborni mamlakatning ichki muammolariga qaratgani ma’qul.
AQSH senatorlari 13-iyul kuni prezident Donald Trampga Rossiyaga qarshi keskin sanksiyalar kiritish to‘g‘risida taklif berdi. Unda Moskvaga yordam beradigan davlatlarga 500 foizlik boj solish nazarda tutilmoqda.
Izoh (0)