• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Navoiy

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    Navoiy shahri hududini 19-iyul kuni tongda changsimon tutun qopladi. Xuddi shunday holat 13-iyulda ham kuzatilgandi. Aholi orasida bu vaziyat “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan bog‘liq degan xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi ham havoning ifloslanishida ushbu korxonani aybdor deb topdi. Korxona ayblovni rad etdi.

    Foto: Videodan kadr

    Navoiy viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmatining 19-iyulda e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, shu kuni ertalab soat 7:00 dan 9:00 ga qadar tahliliy laboratoriya hamda “Navoiyazot” AJga qarashli Sanitar laboratoriyasi bilan jamiyat atrofidan tahlil ishlari olib borildi.

    Foto: Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi
    Foto: Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi

    Korxona atrofidan atmosfera havosining tarkibi Ekolab (Gazoanalizator) apparati yordamida tahlil ishlari amalga oshirildi. Jumladan, “Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlangan.

    Bundan tashqari, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasining tahliliy laboratoriyasi tomonidan olingan tahlillar natijasi ko‘ra, 1-kuzatuv posti (Zulfiya ko‘chasi)dan tahlil ishlari olib borilganda uglerod ikki oksidi 1,04 marotaba,  ammiak 1,1 barobar yuqoriligi, 2-kuzatuv postidan tahlil ishlari olib borilganda ammiak 1,2 barobar yuqoriligi aniqlangan.

    “Navoiyazot” matbuot xizmati esa bunga javoban atmosfera ifloslanishi korxona faoliyati bilan bog‘liq degan fikrlarni asossiz va isbotlanmagan ekanini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, korxona tomonidan atmosferani ifloslantiruvchi tashlamalar miqdorining me’yoridan oshmasligini nazorat qilish maqsadida 3, 23, 25-sexlarga 3 dona avtomatik gazоanalizator, jamiyatga qarashli sanatoriy-profilaktoriy hamda boshqarma hududiga 2 dona statsionar postlar o‘rnatildi va bunga “Navoiyazot” AJning  o‘z mablag‘lari hisobidan 6 milliard 186 million so‘m mablag‘ sarflandi.

    Shuningdek, atmosferaga manbalardan tashlanuvchi tashlamalarni tutib qolish maqsadida 3-sex donadorlash minorasiga 1 dona skrubber, 23-sex donadorlash minorasiga 4 dona skrubberlar o‘rnatilgan.  Korxona hududi va atrofini nazorat qilish maqsadida 500 tadan ortiq zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

    “Navoiyazot” yer sathidan 120 metr balandlikdagi 10-15 kilometr masofadagi jarayonni yaqqol ko‘rish imkoniyatini beruvchi ushbu kameralardan olingan videolarni e’lon qilib, 19 va 13-iyulda atmosferaning ifloslanishiga sabab bo‘lgan holat korxonaga taalluqli emasligini bildirdi.

    “G‘arbiy hududdan (Navoiy xalqaro aeroporti tomondan) havoga ko‘tarilgan changsimon tutun shamol yo‘nalishi bo‘ylab korxona usti va atrofidan o‘tib keyin butun shaharga tarqalgan. Yuqoridagi tasvirlarda jarayon to‘liq aks etgan. Shundan kelib chiqib, fuqarolardan atrof-muhitning ifloslanishida korxonani ayblab, uning nufuziga salbiy ta’sir etadigan va asoslanmagan ayblovlarni qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi raddiyada.

    Bundan tashqari, “Navoiyazot” Ekologiya boshqarmasi korxonaga qarashli sanitar laboratoriya xodimlari bilan hamkorlikda tahlil o‘tkazganini rad etdi.

    “Aslida esa o‘rganish ishlaridan jamiyat vakillari xabardor etilmagan. Shuningdek, atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidining 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlangani qayd etilgan. Aslida ammiak ham, vodorod sulfidi ham rangsiz, gazsimon modda bo‘lib, ko‘zga ko‘rinmaydi, Navoiy shahrini changsimon tutun qoplaganini esa aholi ko‘rib, guvohiga aylandi” deyiladi xabarda. 

    19-iyul kuni soat 7:30—8:00 oralig‘ida korxona mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida havo tarkibida ammiak mavjud emasligi aniqlangan.

    “Jamiyatga qarashli tiomochevina sexi joriy yilning fevral oyidan buyon faoliyat yuritmayapti. Demak, atmosferaga vodorod sulfidi chiqqani haqidagi ma’lumot mutlaqo asossiz”, deyiladi korxona bayonotida.

    Qayd etilishicha, uglerod ikki oksidi ko‘mirning chala yonishi natijasida hosil bo‘ladi, “Navoiyazot”AJ mahsulot ishlab chiqarishda ko‘mirdan umuman foydalanmaydi.

    “Havoni ifloslantiruvchi omillarni bartaraf etishdan korxona ham manfaatdor. Shu bois viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari bu vaziyatda yolg‘on ma’lumotlar bilan “Navoiyazot”AJni asossiz ayblamasdan holatning asl sababchilarini aniqlab, ularga nisbatan tegishli choralarni ko‘rishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi”, deyiladi munosabatda.

    Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi 20-iyul kuni yana rasmiy xabar bilan chiqdi. Unda aytilishicha, shu kuni soat 06:20 da “Navoiyazot” AJ atrofi vizual o‘rganildi. Vizual o‘rganish davomida “Navoiyazot” AJning sexida ishlab chiqarish jarayonida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi tashlamalar tashlangani aniqlandi. Shuningdek, shamol yo‘nalishi janubi-g‘arb tomonga yo‘nalgani uchun Navoiy shahar hududiga taʼsir ko‘rsatmagan.

    Foto: Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi
    Foto: Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi

    Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi “Navoiyazot” A.J hududida tekshiruvlarni o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakili bilan kelishilgan holda tekshiruvlarni o‘tkazishini hamda tekshirish ishlari yakuni bilan qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qildi.

    20 iyul, 11:10   Izoh (0)   3890
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #atmosfera havosi#havo ifloslanishi#“Navoiyazot”#ekologiya boshqarmasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qurilishdagi xaos, mashinalar chiqarayotgan zaharlar, yashillikning yo‘qolishi. Toshkentning xavfli havosiga yechim bormi? 

    03.01.2024, 12:43

    Toshkent havosi ifloslanishi yana “zararli” darajaga chiqdi

    11.01.2024, 09:26

    Ekologiya vazirligi Toshkent havosi ifloslanishiga taʼsir etayotgan omillarni ma’lum qildi

    12.01.2024, 13:43

    Changmidi yo tuman? “O‘zgidromet” Toshkentda kuzatilgan ob-havoga izoh berdi

    18.01.2024, 15:18

    Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda yana 1-o‘ringa chiqdi

    29.02.2024, 11:40

    Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda yana 1-o‘ringa chiqdi

    15.03.2024, 10:53

    Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqdi

    15.04.2024, 11:57

    Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi

    17.05.2024, 09:14

    Toshkent shahri va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

    25.09.2024, 17:51

    Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar ajratadi

    04.10.2024, 15:12

    Ekopartiya: Toshkentda havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish zarur 

    04.11.2024, 21:00

    Nyu-Dehli xalqaro aeroportida quyuq tutun tufayli 200 dan ortiq reys kechiktirildi

    14.11.2024, 17:13

    Stress va depressiya “o‘chog‘i”ga aylanib qolgan shahar: Toshkent havosi ifloslanishining sabab va oqibatlari

    30.11.2024, 11:05

    O‘zbekistonda qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlar jarimaga tortilishi mumkin

    04.12.2024, 17:10

    Bosh murabbiyi o‘zgargan “Paxtakor”, sherigini o‘ldirib, 15 yilga qamalgan yuk tashuvchi erkak, prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdusalom Aziz...

    04.12.2024, 22:55

    O‘zbekistonda atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish tartibi belgilandi

    23.12.2024, 21:35

    Toshkent yana dunyoning havosi eng iflos shaharlari ro‘yxatidan joy oldi

    26.12.2024, 21:33

    Tailandda havo ifloslanishi tufayli 350 dan ortiq maktab yopildi

    24 yanvar, 15:15

    Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida 1-o‘ringa chiqdi 

    28 yanvar, 13:35

    IQAir havo sifatini nazorat qilish platformasiga har doim ham ishonib bo‘lmaydi — Ekologiya vazirligi 

    1 fevral, 17:55

    O‘zbekistonda qurilish maydonida havoga chang ko‘tarilishini bartaraf etmaganlar endi jarimaga tortiladi

    4 mart, 13:21

    Toshkentning ikki tumanida avtomatik havo monitoringi stansiyalari o‘rnatildi

    12 mart, 21:20

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    13 iyul, 23:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polshada yirik neft va gaz koni topildi

    Dunyo | 22 iyul, 11:04

    Jigarni asrashga yordam beruvchi 7 ta oson tayyorlanadigan ichimlik

    Retseptlar | 22 iyul, 10:51

    O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 10:40

    Germaniyada avtomobil YTH oqibatida omborxona tomiga kirib ketdi (video)

    Dunyo | 22 iyul, 10:25

    Martin Lyuter King o‘ldirilishiga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

    Dunyo | 22 iyul, 10:05

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    Levandovski Markus Reshford transferidan xavotirda

    Sport | 22 iyul, 10:01

    40 yoshga yetgunga qadar har bir shaxs o‘zida shakllantirishi kerak bo‘lgan 8 ta odat

    Maslahatlar | 22 iyul, 09:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.