O‘zbekiston terma jamoasi 5-iyun, shanba BAAga qarshi maydonga chiqib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Qo‘lga kiritilgan 1 ochko jamoaga mundial yo‘llanmasini taqdim etdi. Shu munosabat bilan FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonni Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi.

O‘zbekiston FIFA Jahon chempionatiga 2026-yilda Kanada, Meksika va AQShda bo‘lib o‘tadigan turnirga yo‘llanma olgani bilan chin dildan tabriklanadi. O‘zbekiston 1994-yilda FIFAga a’zo bo‘lganidan beri Olimpiada o‘yinlari va yoshlar musobaqalarida munosib natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Ajoyib saralash bosqichidan so‘ng jamoa haqli ravishda mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar “Oq bo‘rilar”ning jahon maydonidagi debyutini intiqlik bilan kutmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Temur Kapadze jamoasi “Bunyodkor” stadionida Qatarga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 18:45 da boshlanadi.
Izoh (0)