• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Barselona”ga yo‘l olishga yaqin turgan Morata, YTHga uchragan Abraham va tarkibini kuchaytirayotgan “Neftchi”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 3-yanvarning eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Polsha poytaxti Varshavada shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorovni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

    Tadbir avvalida Abdujabbor Abduvohidov Nodirbek Abdusattorovga Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi va unga “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini topshirdi. Shundan so‘ng Nodirbekka Toshkent shahridan ikki xonali uyning kaliti va 250 million so‘m taqdim etildi.

    Shuningdek, Abdusattorovning ustozlariga 100 million so‘mdan, blits yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Javohir Sindorovga 50 million so‘m pul mukofoti berildi. Bundan tashqari, JCh qatnashchilari Jahongir Vohidov va Shamsiddin Vohidov ham taqdirlandi.

    Mavzuga doir: “Bu endi boshlanishi, g‘alabalar bardavom bo‘ladi”. Nodirbek Abdusattorovni taqdirlash marosimidan reportaj (foto va video)

    “Neftchi” o‘z tarkibini kuchaytirib oldi

    Foto: “Neftchi”

    Foto: “Neftchi”

    Farg‘onaliklar transfer oynasida faollik ko‘rsatmoqda. Klub serbiyalik himoyachi Daniel Stoykovich bilan shartnoma imzoladi. “Surxon” himoyachisi Husniddin G‘ofurov Farg‘ona klubiga qaytgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumni “Nasaf”da o‘tkazgan Doniyor Narzullayev ham faoliyatini “Neftchi”da davom ettiradi.

    “Neftchi” 3-yanvar kuni yana ikkita transferni e’lon qildi. So‘nggi uch mobaynida “Qizilqum”da to‘p surgan Muhsin Ubaydullayev, oxirgi besh yilda “Navbahor” sharafini himoya qilgan Mirzohid G‘ofurov ham “Neftchi” safiga qo‘shildi.

    Jahon

    Hakim Ziyosh terma jamoa murabbiyi bilan nizoga borgani sababli Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etmaydi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    28 yoshli futbolchi Marokash terma jamoasining qaydnomasiga kiritilmadi. Bu haqida Marokash futbol federatsiyasi prezidenti Fauzi Lakja ma’lum qildi.

    Ziyosh Marokashning so‘nggi 10 o‘yinini o‘tkazib yubordi. Futbolchi terma jamoa murabbiyi Vohid Halilhojich bilan kelishmay qolgan. Shu sababli iyun oyidan buyon terma jamoadan chaqiruv olmayapti.

    “U mashg‘ulotlardan qochib ketdi, oxirgi ikki yig‘inda intizomga rioya qilmadi. U terma jamoasi Jahon Chempionati uchun kurashayotgan futbolchiga o‘xshamaydi. Terma jamoa uchun o‘ynashdan qochadigan, testlar o‘ynashi mumkinligini ko‘rsatsa ham jarohatim bor deb bahona qiladigan futbolchini faoliyatim davomida ilk bor ko‘rishim. Men bunga toqat qilolmayman”, — degan edi 68 yoshli mutaxassis.

    Temmi Abraham YTHga uchradi

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    “Roma”ning 24 yoshli hujumchisi rimliklar mashg‘ulotiga ketayotgan vaqtda YTHga uchragan. Abraham o‘zning Porsche Cayenne’nida boshqa mashinaga urilgan.

    Yuz bergan hodisada hech kim jabrlanmagan, haydovchilar o‘rtasida masala politsiya aralashuvisiz hal bo‘lgan va Abraham mashg‘ulotga ravona bo‘lgan.

    Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi “Roma”da Eldor Shomurodovga raqobatchi hisoblanadi. A Seriya joriy mavsumidagi 18 o‘yinda uning hisobida 6 ta gol mavjud.

    Tomas Tuxel Romelu Lukakuni “Chelsi”da qolishini ta’kidladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel ziddiyatli vaziyat bo‘lishiga qaramasdan Lukaku jamoada qolishini aytib o‘tdi. Belgiyalik hujumchi mojarolarga sabab bo‘ladigan intervyu berib o‘tdi, unda London jamoasidagi holatidan noroziligi, “Inter”ga muhabbati borligi va “nerazzurilar” safiga qaytmoqchiligini bildirgan.

    Bosh murabbiy hujumchini “Liverpul”ga qarshi o‘yinda (2:2) maydonga tushirmadi va o‘yindan so‘ng o‘z qarorini quyidagicha izohladi:

    “U bizning futbolchi va shunday bo‘lib qoladi. Doim o‘z futbolchilarimizni himoya qilamiz. Biz bunday qaror qabul qilishimizga (qaydnomaga kiritmaslik) matbuotni eshitish emas, aslida vaziyat qandayligini bilishni xohlaganimiz sabab bo‘ladi. U “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda maydonga tushar, balki. Lekin hozir sizga hech narsa deya olmayman, avval u bilan gaplashib, vaziyatni oydinlashtirib olish lozim”.

    Alvaro Morata “Barselona”ga o‘tishg yaqin

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Yuventus” safida ijarada harakat qilayotgan Morata Kataloniya jamoasiga borib qo‘shilishi mumkin. AS nashrining yozishicha, muzokaralarning 95% qismi hal bo‘lgan va ba’zi mayda detallar qolgan. “Yuventus” hujumchini yilning oxiriga qadar ijaraga berishga rozi bo‘lgan. “Atletiko” bilan ham kelishuvga erishilgan (Morataning transfer huquqi madridliklarga tegishli). Katta ehtimol bilan “matraschilar” yozda Antuan Grizmann uchun to‘lashi kerak bo‘lgan 40 million yevrodan voz kechiladi.

    29 yoshli futbolchining turmush o‘rtog‘i Aliche Kampello Venetsiyadagi do‘stiga Ispaniyaga ko‘chib o‘tayotgani haqida xabar bergan.

    Hozirda Morata agenti Xuanma Lopesdan shartnoma imzolangani haqidagi xabarini kutib turibdi. Shundan so‘ng hujumchi Barselonaga yo‘l oladi va “ko‘k-anorranglilar” bilan 18 oylik shartnoma imzolaydi.

    Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi hujumchi bilan muzokaralar tezroq yakunlanishini va uni 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Real”ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim finalida maydonga tushirishni istamoqda.

    FIFA prezidenti Janni Infantino Yevropa chempionatini ham ikki yilda bir marta o‘tkazish mumkinligi haqida gapirdi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Janni Infantino Jahon Chempionati bilan birgalikda Yevropa chempionatini ham har ikki yilda o‘tkazish ehtimoli borligini inkor etmadi.

    “Avvalo, Jahon Chempionatini har ikki yilda o‘tkazish mening taklifim emasligini ta’kidlamoqchiman. Bunday islohotni FIFA Kongressining 88% a’zosi, bir nechta Yevropa mamlakatlari qo‘llab-quvvatlagan.

    Mundialni har ikki yilda o‘tkazish imkoniyatlarini tekshirish uchun jiddiy izlanishlar olib bordik. Bunday holatda terma jamoalarning o‘yini kamayishi mumkin, lekin biz juda ko‘p hissiyotlarga boy o‘yinlarni ko‘ramiz. Yevropa chempionatini ham har ikki yilda bir o‘tkazish mumkin.

    Italiya mundiallarda juda ko‘p ishtirok etadi, sport nuqtayi-nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, ushbu musobaqa mamlakatga katta ta’sir ko‘rsatadi. Lekin boshqa mamlakatlarga bunday omad kulib boqmaydi, axir musobaqada atigi 32 ta jamoa ishtirok etadi.

    100 yil avval Jahon Chempionatini har to‘rt yilda o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilingan. O‘sha vaqtlarda dunyoning 40 mamlakati — Yevropa va Janubiy Amerika davlatlari futbol o‘ynardi, xolos. Hozir 200 dan ziyod terma jamoalar mavjud. Bu vaziyatni ham hisobga olish lozim. Iqtisodiy ta’sir ham hamma uchun ijobiy bo‘ladi”, — deydi Infantino.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    03.01.2022, 23:17   Izoh (0)   23554
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu endi boshlanishi, g‘alabalar bardavom bo‘ladi”. Nodirbek Abdusattorovni taqdirlash marosimidan reportaj (foto va video)

    03.01.2022, 19:10

    Davlat mukofoti, Toshkent shahridan 2 xonali uy va 250 million so‘m. Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov munosib taqdirlandi

    03.01.2022, 13:22

    La Liga. “Barselona” safarda qiyin g‘alabaga erishdi, “Atletiko” derbini o‘z foydasiga hal qildi

    03.01.2022, 03:06

    APL. “Liverpul” turning markaziy o‘yinida “Chelsi”ni yenga olmadi

    02.01.2022, 23:29

    “Saloh — Allohning in’omi”. Nagrig qishlog‘idan chiqqan bolakayning futbol cho‘qqisiga qadar bosib o‘tgan yo‘li haqida

    02.01.2022, 22:26

    La Liga. “Real” autsayderga taslim bo‘ldi va 2022-yilni mag‘lubiyat bilan boshladi

    02.01.2022, 19:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.