Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligi Indoneziyadan olib qo‘yildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida e’lon qilindi.
FIFA prezidenti Janni Infantino va Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rahbari Erik Tohir o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkilot shu qarorga kelgan.
FIFA yangi mezbon nomi tez orada e’lon qilinishi va turnir sanasi (20-maydan 11-iyungacha) o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Indoneziyaga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalar ham keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Indoneziya aholisi musobaqada Isroilning ishtirok etishidan norozi bo‘ldi. O‘yinlarni qabul qiladigan ayrim shaharlar rahbarlari Isroilni o‘z hududiga kirgizmasligini aytgan. Shundan keyin FIFA avvaliga 31-mart kuniga mo‘ljallangan qur’a tashlash marosimini bekor qildi. Endi esa Indoneziyani mezbonlikdan mahrum qilmoqda.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida g‘alaba qozonib, musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)