• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    FIFA Jahon Chempionatini har 2 yilda o‘tkazmoqchi, O‘FA va barcha federatsiyalarning 2/3 qismi taklifni yoqladi. UEFA esa norozi va boykot e’lon qilmoqchi

    FIFA Jahon Chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu g‘oya Arsen Vengerga tegishli. Lekin bunga qarshilar bor, UEFA boykot qilish bilan tahdid qilyapti. Yaqin yillarda kutilayotgan o‘zgarish haqida RBK tayyorlagan maqola o‘zbek tilida taqdim etiladi.

    UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin (chapda) va FIFA prezidenti Janni Infantino (o‘ngda)

    UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin (chapda) va FIFA prezidenti Janni Infantino (o‘ngda)
    Foto: Getty Images

    2021-yil may oyidan buyon FIFA Jahon Chempionatini isloh qilish masalalarini muhokama qilmoqda. FIFA kongressining oxirgi yig‘ilishida mundialni har ikki yilda o‘tkazish varianti muhokama qilindi. Islohotning asosiy sababi “moliyaviy va sportdagi tengsizlik” qilib ko‘rsatildi.

    Biz futbolni haqiqatda global miqyosga olib chiqish uchun ishlashimiz kerak. Dunyoning eng yaxshi 20 ta klubi Yevropaning beshta mamlakati sharafini himoya qiladi. Jahon Chempionatida esa yarim finaldan boshlab oltita konfederatsiyadan ikkitasi — Yevropa va Janubiy Amerika jamoalari yetakchilik qiladi.

    Janni Infantino, FIFA prezidenti

    Bu g‘oyani ligalar, Yevropa muxlislar assotsiatsiyasi, UEFA qo‘llab-quvvatlamadi. UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin FIFA bu qarorini qayta o‘ylab ko‘rmasa, Jahon Chempionatini boykot qilishi mumkinligini aytdi.

    Islohot g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi

    2019-yilda “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger FIFA futbolni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga aylandi va Chempionlar Ligasi, sobiq jamoasi natijalari, Karim Benzemaning Fransiya terma jamoasiga chaqirtirilishi haqidagi xabarlar bilan tez-tez OAVda ko‘rinish bera boshladi. Fransiyalik mutaxassisning yangi lavozimidagi eng esda qolarli bayonoti Jahon Chempionatini ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifi bo‘ldi.

    2021-yil iyulda Venger Kicker nashriga intervyu berdi. Unda ko‘tarilgan asosiy masalalar:
    • Jahon Chempionatini to‘rt yilda emas, ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifi;
    • Saralash o‘yinlarini kamaytirish — terma jamoa yig‘inlarini ham kamaytirish. Venger g‘oyasiga ko‘ra saralash bosqichi o‘yinlarini 7 taga qisqartirish (hozir 10 ta), saralash o‘yinlari o‘tkaziladigan kunlarni esa 50 kun o‘rniga 28 kunga qisqartirish;
    • Futbolchilar terma jamoa musobaqalaridan so‘ng dam olishi ham kerakligi;

    Arsen Venger

    Arsen Venger
    Foto: Getty Images
    Tasavvur qiling, 2026-yilda Jahon Chempionati, 2027 da Yevropa va boshqa qit’a chempionatlari, oradan bir yil o‘tib navbatdagi mundial va hokazo. Ko‘proq pley-off, kamroq saralash bahslari. Bu muxlislar istagan narsa. Hozirgidek beshta emas, bitta yoki maksimum ikkita terma jamoa yig‘inlari tarafdoriman. Terma jamoalar oktabr oyida 7 ta saralash o‘yini o‘tkazsin, iyunda esa musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu futbolchilar uchun foydali, jarohatlarning oldini oladi. Qo‘shimchasiga final bosqichidan keyin futbolchilar 25 kun dam oladi.

    Arsen Venger

    Bu g‘oya FIFAning sobiq prezidenti Yozep Blatter tomonidan 1999-yilda taklif qilingandi, Venger esa buni takomillashtirdi. Sobiq murabbiy bilan birgalikda loyiha ustida FIFAning texnik konsultativ guruhi (TAG) ish olib bordi va ular “erkaklar futbolida mavjud tizimga alternativlar, o‘yin haqiqatan ham global bo‘lishi va har bir hudud, har bir iste’dodga imkoniyat berish”ni muhokama qildi.

    TAG tarkibiga Roberto Karlos, Didye Drogba, Jon Terri, Yuriy Jorkaeff, Marko Materatssi, Peter Shmeyxel, David Trezege, Yurgen Klinsmann, Xavyer Maskerano, Lotar Matteus, Maykl Ouen, Yaya Ture, Marko van Basten, Xavyer Zanetti va boshqa afsonalar kiradi.

    Foto: Getty Images

    Ushbu g‘oyani FIFAning uchdan ikki qismi qo‘llab-quvvatladi

    Jahon Chempionatlari orasidagi vaqtni qisqartirish muhokamasi FIFAning 71-kongressida taqdim etildi. Islohot g‘oyasini Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) prezidenti Yosir al-Misehal e’lon qildi.

    Saudiyalik prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “futbolning kelajagi hal qiluvchi pallada” va FIFA “hozirgi 4 yillik sikl raqobatni rivojlantirish nuqtayi nazaridan ham, tijorat tomonidan ham futbolni boshqarishning optimal asosi bo‘lib qoladimi?”, degan savolga javob berishi kerak.

    SAFF o‘zining bayonotidan so‘ng FIFA kongressi a’zolariga mundialni har ikki yilda bir marta o‘tkazish ta’sirini o‘rganish uchun tadqiqot o‘tkazishni taklif etdi. Saudiya Arabistoni g‘oyasini 211 futbol federatsiyasidan 166 tasi qo‘llab-quvvatladi — ko‘rib chiqilishi uchun esa yana 95 ta ovoz talab qilinardi. 21 ta assotsiatsiya esa ovoz berishdan bosh tortdi.

    Yig‘ilish davomida Al-Misehalni birinchilardan bo‘lib Marokash futbol federatsiyasi prezidenti Fuzi Lekjaa qo‘llab-quvvatladi. Afrika futboli Konfederatsiyalari nomidan qatnashgan Lekjaaning fikriga ko‘ra, islohot “rivojlanishdan ortda qolgan” hududlarni ham o‘sishiga imkon beradi.

    Ravshan Ermatov

    Ravshan Ermatov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham yaqinda FIFA tomonidan ilgari surilayotgan Jahon chempionatlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

    FIFA taklif qilayotgan 2 yillik siklning yutug‘i shundaki, futbolchilar va futbolga aloqador barcha mutaxassislarning mundial orzusi amalga oshish imkoniyati yanada ortadi. Qolaversa, agar qit’a chempionatlari ham shu tizimga o‘tsa, biz har yili terma jamoalar miqyosida katta final turnirlari guvohiga aylanishimiz mumkin.

    FIFAning futbolni rivojlantirish bo‘limi rahbari Arsen Vengerning bu boradagi taklifi bilan tanishar ekanmiz, yana bir muhim jihatga e’tibor qaratish zarur. Saralash bahslarining optimallashtirilishi. Ya’ni, mavsumda ikki bor terma jamoalar saralash bahslari uchun yig‘iladi va yo‘llanmalar uchun o‘yinlar o‘tkazadi. Boshqa payt o‘yinchilar klublar ixtiyorida bo‘ladi va uzoq safarlardan keyingi toliqish muammosiga kamroq duch keladi.

    Ravshan Ermatov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti

    Pep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

    Pep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi
    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Arsen Vengerning ushbu taklifini yoqlab chiqdi:

    “Yangi g‘oyalar muhokamaga qo‘yilsa, har doim xursand bo‘laman. G‘oyalarni to‘smaslik kerak.

    Klub va ligalar o‘z pozitsiyasini, FIFA o‘zinikini, UEFA ham o‘z pozitsiyasini himoya qilyapti. Shuning uchun dunyo futboli borasidagi g‘oya absurdga aylanmoqda, hamma o‘zi haqida o‘ylayapti. Jahon Chempionati — ajoyib musobaqa. Muxlislar sevib tomosha qiladigan muhim turnir. Uni har ikki yilda bir marta tomosha qilish, albatta yaxshi bo‘lardi.

    Men Arsen Vengerni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Arsen Konfederatsiyalar Kubogi yoki yangi tashkil etilgan birorta musobaqani emas, eng yuqori darajadagi turnir islohotini taklif qilyapti. Nafaqat APL, balki butun dunyo futbolida qoyilmaqom natijalarga erishgan mutaxassis bu g‘oyani ilgari surayotganidan xursandman”.

    Ko‘plab ligalar bunga qarshi, UEFA boykot bilan tahdid qilmoqchi

    FIFA Jahon Chempionatining hozirgi formati o‘zgarishi mumkinligi haqida bergan e’lonidan so‘ng, darhol UEFA va Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi va bir qancha futbol ligalari tanqidiga uchradi.

    Yevropa muxlislar assotsiatsiyasi (Football Supporters Europe) Vengerning islohotiga qarshi xat bilan chiqdi.

    “Biz FIFA va uni qo‘llab-quvvatlayotgan futbol assotsiatsiyalarini Jahon Chempionatini ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifidan voz kechishga va futbol kelajagiga ta’sir ko‘rsatadigan qaror qabul qilishda muxlislarning ovozini inobatga olishga chaqiramiz”.

    Muxlislarning xatiga javoban UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin ham ularni qo‘llab-quvvatlab chiqdi va FIFAning ushbu harakatini “liga va konfederatsiyalar roziligisiz qilingan PR-kompaniya” deb atadi, bir haftadan so‘ng esa agar FIFAning bu qarori kuchga kirsa Yevropa terma jamoalari boykot qilishi mumkinligi bilan ogohlantirdi.

    Foto: UEFA

    Cheferinni dunyo ligalari forumida (WLF) va Yevropa professional futbol ligasi assotsiatsiyasida (EPFL) qo‘llab-quvvatlashdi.

    WLF FIFAning ushbu g‘oyasiga qo‘shilmadi va “FIFA o‘zining qisqa muddatli qiziqishlari sabab hech narsani o‘zgartira olmasligini” aytib o‘tdi. EPFL a’zolari ham shu pozitsiyada qoldi.

    La Liga prezidenti Xavyer Tebas o‘z Twitter’ida Vengerning intervyusi chiqqan gazetani suratini joylab, fransuzning taklifini “aqlsizlik”, deb atadi.

    Xavyer Tebas, La Liga prezidenti

    Xavyer Tebas, La Liga prezidenti
    Foto: Getty Images
    Ular milliy ligalar va UEFA musobaqalarini cho‘ktirishda davom etish uchun har narsa o‘ylab topmoqda. Biri Superliga, boshqasi esa mundialni har ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifi bilan chiqmoqda. Aqlsizlik.

    Xavyer Tebas, La Liga prezidenti

    “Manchester Siti” direktori Ferran Soriano ham shunga o‘xshash fikr aytdi va tig‘iz taqvim sabab mundialni har ikki yilda bir marta o‘tkazib bo‘lmasligini ta’kidladi. A Seriya bosh direktori Luiji de-Siyervo esa FIFAning g‘oyasini “Yevropa ligalari yaxlitligiga hujum” deb atadi.

    “Bu taklif futbolchilarga maosh to‘laydigan klublar, milliy ligalar, muxlislarga zarar yetkazgan holda FIFAning tijoriy muvaffaqiyatiga xizmat qiladi”, — dedi de-Siyervo.

    Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek bu g‘oyani ahmoqlik deb atadi va FIFAning “futbol hamma uchun” shioriga zid ekanini aytib o‘tdi.

    “Bu g‘oyada hech qanday ma’no yo‘q. Futbolni o‘ldiradigan ahmoqona g‘oya. Janob Venger bo‘sh g‘oyani taqdim qilmoqda. Hozirgi futbolchilar uchun bu shunchaki dahshatli qadam. Oktabr va mart oyida klublar futbolida tanaffus qilish kerakmi? FIFA futbol hamma uchun degandi, ko‘rinishidan, futbol elita qatlam uchun. Terma jamoaga chaqiriladigan futbolchilarda dam olish kuni bo‘lmaydi. Bu siyosiy xato. Har doimgidek qarorni FIFA qabul qiladi”.

    Vengerning taklifiga “Real” futbolchisi va Uels terma jamoasi sardori Garet Beyl ham qarshi chiqdi.

    “Men Jahon Chempionatining an’anaviy har to‘rt yilda o‘tkazilishini yaxshi ko‘raman. Olimpiya o‘yinlarini ham. Tez-tez bo‘lib o‘tmaydigan narsalar ahamiyatini yo‘qotmaydi”, — deydi uelslik futbolchi.

    Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) neytral pozitsiyada turibdi. XOQ rahbari Tomas Bax FIFA va UEFAning debatiga aralashmasligini aytib o‘tdi.

    16.09.2021, 11:31   Izoh (0)   29781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YChL. “Real” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Inter”ni yengdi, “PSJ” autsayderga ochko ulashdi, “Manchester Siti” va “Liverpul”da esa g‘alaba

    16.09.2021, 05:52

    JCh—2021. O‘zbekiston futzal terma jamoasi 6 ta gol urilgan o‘yinda Rossiyaga yutqazib qo‘ydi

    16.09.2021, 00:07

    YChL. “Sherif” Jasur Yaxshiboyev asosiy tarkibda tushgan o‘yinda “Shaxtyor”ni taslim etdi

    15.09.2021, 23:53

    Superliga. “Paxtakor” o‘zida “Navbahor”ni yenga olmadi, “OKMK”da g‘alaba. “Andijon” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    15.09.2021, 21:15

    O‘z viloyatida uy bilan taqdirlangan paralimpiyachilar, YChLdan voz kechish va yangi Yevrokubok uchun 10 mlrd yevro, murabbiyni almashtirish arafasida turgan “Bars...

    15.09.2021, 20:21

    Samarqand hokimi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga uy sovg‘a qildi

    15.09.2021, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20

    Tramp Eronga hujum sabab impichment bilan yuzlashishi mumkin

    Dunyo | 22 iyun, 11:55

    Fransiya klubi skauti Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

    Sport | 22 iyun, 11:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.