FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekiston mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatini e’tirof etdi.
![](/static/2024/10/13/gettyimages-2177142142-1024x1024-DKZlDgjX.jpg)
“O‘tgan hafta FIFA Futzal Jahon Chempionati—2024 turniri final uchrashuvida ishtirok etdim. Braziliya terma jamoasi hayajonlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda Argentina ustidan g‘alaba qozondi va rekord natija – 6-bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistondagi barcha insonlarga rahmat – turnir bizning sportimiz uchun ajoyib bayram bo‘ldi va futbolning insonlarni birlashtirishdagi muhim rolini yana bir bor ko‘rsatdi”.
Eslatib o‘tamiz, 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar futzal bo‘yicha Jahon Chempionatida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqa finalida Braziliya Argentina ustidan g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston esa A guruhida so‘nggi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.
Izoh (0)