• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ayollar sahifasi Go‘zallik

    Koko Shanel va uning 20-asr moda olamini o‘zgartirgan 8 ta ixtirosi (foto)

    “Ayol kishi qanchalik yomon bo‘lsa, u shunchalik yaxshi ko‘rinishda bo‘lishi lozim”. Bu klassikaga aylangan qarma-qarshi ma’noli so‘zlar Koko Shanelga tegishli. U har narsada, ayniqsa, moda olamida novator edi.

    Foto: Pinterest
    Foto: Pinterest

    Gabrielle Shanel 1883-yil 19-avgustda Fransiyaning Saumur shahrida tug‘ilgan. Agar afsonaviy siymolar abadiy yashaganda, shu yilning avgust oyida u 140 yoshga to‘lgan bo‘lardi. O‘z davri uchun Shanel novator, kuchli, ta’sirchan va jasur ayol edi, ehtimol, shuning uchun erkaklarni hayratda qoldirar va ko‘plab zamondosh ayollar u kabi Mademuazel bo‘lishni xohlagandi.

    Bugun sizga moda olamini butunlay o‘zgartirib yuborgan, ixtirolari bugunga qadar yashab kelayotgan Koko Shanelning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning 8 ta ixtirolari haqida hikoya qilamiz.

    Chanel №5 atiri

    Foto: “Noviy ochag”

     

    “Atir — bu ko‘rinmas, ammo unutilmas, beqiyos moda aksessuari. U ayol tashqi ko‘rinishining tashrif qog‘ozi va ayol ketganida uni eslatishda davom etadi.

    Dastavval, ifordan boshlaylik. Haqiqatan ham, xushbo‘y Chanel № 5 afsonaviy bo‘lib ulgurdi. Savdo statistikasi shuni ko‘rsatadiki, dunyoda har o‘ttiz soniyada kimdir ushbu atirni sotib oladi.

    O‘zining barcha g‘oyalarini mujassamlashtira oladigan moda uyini qidirayotgan iste’dodli parfyumer Ernest Bo Koko Shanelga ishlab chiqilgan xushbo‘y hidning bir nechta namunalarini havola qildi. Ammo Shanel 5-raqamlisini tanladi. Hammasi o‘ziga xos sabablarga ko‘ra, chunki besh u uchun omadli raqam edi. Shanel Ernest bilan birgalikda birinchi bo‘lib verbena va atirgullar asosida emas, balki aldegidlar asosidagi atir yaratishga qaror qildi. O‘shandan beri o‘zgarmagan g‘ayrioddiy kristalli shisha idishga joylashtirilgan parfyumeriya dunyoga 1921-yil 5-mayda kirib keldi. Keyinchalik Shanel o‘zining barcha to‘plamlarini 5-oyning 5-kunida e’lon qilishni odatga aylantirdi.

    Little black dress

    Foto: “Noviy ochag”

    “Kichik qora libos” deganda darhol xayolingizga ulug‘vor Koko Shanelning nomi keladi. Afsonaviy qora libos haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Kokodan oldin bu rang motam libosi deb hisoblangan. Ammo dizayner unda katta imkoniyatlarni ko‘rdi va undan foydalandi, chunki Koko uchun qora rang oddiy nafislik timsoli edi. U ayollarga qulaylik yaratishni istadi, ularni qattiq korsetlardan, etagi keng yubkalardan, ko‘plab burma ko‘ylaklardan qutqardi. U birinchi navbatda bu rangga nisbatan aristokratiyaning fikrini o‘zgartirdi, keyin esa butun moda olamini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shanel 1926-yilda birinchi marta Little black dress’ni taqdim etdi. Qariyb 100 yil o‘tgach ham bugungi kunga qadar bu libos ayollar garderobining asosiy elementidir.

    Yo‘l-yo‘l ko‘ylak va shimlar

    Foto: “Noviy ochag”

    Ko‘p asrlar davomida shim faqat erkaklar garderobining huquqi bo‘lgan. Koko buni adolatsizlik deb hisoblaydi. Shanel bu yerda ham imkoniyatdan unumli foydalandi: va avval erkaklar uchun mo‘ljallangan shimlardan kiya boshladi, keyin esa ularni ayollar qomatiga moslab qayta yaratdi. U kun davomida tor modellarni, ko‘chaga chiqqanda esa uzun va keng modellarni afzal ko‘rardi. Bu borada uning o‘zi: “Men ayollarga erkinliklarini qaytarib berdim”, deya ta’kidlagan.

    Dizayner erkaklar garderobidan faqat shimlarni olmadi. Dengiz bo‘ylab sayohatlaridan birida unga dengizchilarning yo‘l-yo‘l ko‘ylagi shu qadar yoqdiki, ularni garderobiga olib kirishga qaror qildi. So‘ng 1917-yilda u “Dengiz” to‘plamini yaratdi. U, shuningdek, dengizchilardan yangi shim — pastki qismi keng uslubni ham ko‘chirdi. Yaltiroq shimlar bilan u yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiyishni juda yaxshi ko‘rardi. Shunga o‘xshash qiyofa bugungi kun uchun ham urfda.

    Tvid kostyum

    Foto: “Noviy ochag”

    20-asrning boshlarida tvid va trikotaj kabi qo‘pol matolar faqat erkaklar kostyumlarini tikish uchun mo‘ljallangan. Ammo 1921-yilda Shanel ingliz uslubidan ilhomlanib, dunyoga o‘zining yangi ijodini ko‘rsatishga qaror qildi: tvid kostyum va tizzadan pastga tushadigan tor yubka (u tizzalarni ayol tanasining eng chiroyli qismi deb hisoblardi). Afsuski, dastlab jamiyat bunday “yangilik”ni sovuqqonlik bilan qabul qildi. Bir necha yil o‘tgach, Gollivud yulduzlari, siyosatchilarning rafiqalari va boshqa ko‘plab ayollar ushbu liboslarni kiyishdi. Ikki qismdan iborat bo‘lgan mukammal kostyum ko‘p yillar davomida muhim kiyim hisoblanib kelgan va bugungi kunda uning turfa talqinlarini moda uyining kolleksiyalaridan topish mumkin.

    Ikki rangli poyabzal

    Foto: “Noviy ochag”

    Moda olami ikki rangli poyabzal uchun ham Shaneldan minnatdor bo‘lishi kerak. Ushbu uslubda rang berish oyoqlarni vizual ravishda uzaytiradi va past tovonga qaramay, oyoqni yanada ixchamlashtiradi (u yaratgan modelda tovon qismi kvadrat va atigi 5 sm balandlikda edi). Oq va qora, qaymoq va qora ranglarning kombinatsiyasi klassikaga aylandi va bugungi kunda har qanday ko‘rinishga osongina mos keladi: yubka va shimlar bilan ham. Kokoning o‘zi shunday dedi: “Bu barcha holatlar uchun ajralmas poyabzal. To‘rt juftlik bilan siz dunyo bo‘ylab sayohat qilishingiz mumkin.”

    Uzun zanjirli kichik sumka

    Foto: “Noviy ochag”

    1954-yilda Koko Shanel: “Qo‘llarimda sumka ilib yurishdan charchadim, bundan tashqari, men ularni doimo yo‘qotib qo‘yaman. Qo‘llar bo‘sh qolishi uchun sumkada tasma bo‘lishi kerak”, degan fikrni ilgari suradi. 1955-yil fevral oyida uzun zanjirli sumka yaraladi. “2.55” modeli bu nomni ishlab chiqarilgan kundan boshlab oldi. O‘shandan beri ushbu sumka modelining mashhurligi yuqori narxiga qaramay, faqat o‘sib bordi. Shunga qaramay, dunyodagi barcha moda vakilalari, hatto chiqarilgan kundan boshlab yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, bunday sumkaga ega bo‘lishni xohlashadi.

    Zargarlik buyumlari va bijuteriya

    Foto: “Noviy ochag”

    Shanel nihoyatda oddiy va ixcham kiyimlarni yaratdi, aksessuarlar tashqi ko‘rinishni yanada individual qilishiga ishondi. Biroq u juda ko‘p zargarlik buyumlari yomon did bilan bezatilganini ta’kidladi. U birinchi bo‘lib zargarlik buyumlari uchun moda yaratdi va buni “Nozik didga ega odamlar bijuteriya taqadi, qolganlarning bari tilla taqinchoqlarga loyiqdirlar”, deya sharhladi. Uning o‘zi ham bijuteriya hamda qimmatbaho zargarlik buyumlarini mohirona uyg‘unlashtira olgan. U marvaridlarni demokratlashtirdi va modaga aylantirdi, bundan oldin ular faqatgina yuqori jamiyatning imtiyozi edi.

    Kalta sochlar

    Foto: “Noviy ochag”

    Aytishlaricha, Shanel kalta sochlarni o‘zida tasodifan “sinab ko‘rgan”. Operaga borar ekan, u sochlarini qisqich bilan kuydirib qo‘yadi. Sartarosh umidsizlik bilan kesish kerakligini aytadi. Ammo bu yerda ham buyuk Koko yutqazmadi. Operaga kechikib bo‘lsa ham, kalta qilib kesilgan sochlar bilan boradi va yuqori martabali mehmonlarning barini hayratda qoldiradi. Ko‘p o‘tmay fransuz ayollari sochlarini kestirish uchun salonlarga yugurishdi. Yangi soch uslubining paydo bo‘lishi bilan yangi turdagi shlyapa yaraldi — u qo‘ng‘iroq shaklida edi. Shlyapaning old qismi qoshlarga yetib borardi. Kokoning o‘zi uni ko‘ziga qadar tushirib kiyib olardi.

    19 avgust, 17:45   Izoh (0)   810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligining 2-bosqichida 10 478 ta jinoyat fosh etildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 22:20

    Shveysariya Putin Zelenskiy bilan muzokaralar uchun Jenevaga kelsa, uni hibsga olmaydi

    Dunyo | 19 avgust, 22:10

    Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami uchun taxminan 473 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 21:55

    O‘zbekistonda mikroqarzning eng yuqori stavkasi 42 foizdan oshdi

    Iqtisodiyot | 19 avgust, 21:45

    Alfa Sentavr tizimidagi ekzosayyora yo‘ldoshlari yashash uchun yaroqli bo‘lishi mumkin — tadqiqot

    Dunyo | 19 avgust, 21:35

    O‘zbekiston prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 21:23

    “Chorsu” bozorida mashinadan 128 mln so‘m pul o‘g‘irlab ketildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 21:16

    “O‘ttizta davlat Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasi ustida ishlamoqda” — NATO bosh kotibi

    Dunyo | 19 avgust, 21:00

    Toshkent shahrida Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi ochiladi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 20:54

    Zelenskiy hududlarni “mutanosib almashtirishga” tayyor ekanligini bildirdi — WSJ

    Dunyo | 19 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.