Mashhurlikka erishgan aktyorlar ko‘pincha tomoshabinlar nigohida doimo porlab turadi. Biroq ba’zilar shon-shuhratdan voz kechib, oddiy hayot kechirishni ma’qul ko‘radi. Ular kamera va sahna shovqinidan uzoqlashib, sokin hayotda o‘z baxtini topgan. Quyida shunday qarorni tanlagan besh aktyor haqida so‘z yuritamiz.
Jek Glison
Butun dunyo bu aktyorni “Taxtlar o‘yini” serialidagi Joffri Barateon roli orqali taniydi. Biroq olamshumul shuhrat Jek uchun haqiqiy sinovga aylandi. Serial muxlislari aktyorni uning qahramonidan ajrata olmay, Glisonni ta’qib qilishdi. Bundan tashqari, Jek kinoni doimo hobbi sifatida qabul qilgan, butun umrini unga bag‘ishlashni rejalashtirmagandi. Glison “Taxtlar o‘yini” serialidagi ishini yakunlagach, darhol kinodan uzoqlashdi.
Jek ilohiyot va falsafa sohasida ta’lim olgan va hozirda OAVdan uzoqroqda hayot kechirmoqda.
Marlon Brando
Marlon Brandoni haqli ravishda eski Gollivud qiroli deb atash mumkin. Aktyorning mashhurlik hayoti juda shov-shuvli edi: boshni aylantiradigan shuhrat, ayollar va janjallar. Biroq saksoninchi yillarga kelib, Brando jamoatchilik oldida tobora kamroq ko‘rina boshladi. Keyinchalik esa jamoatchilikdan uzoqlashib, o‘z xotiralarini yozish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Kevin Jonas
Aka-uka Jonaslarning eng kattasi bo‘lgan amerikalik aktyor shou-biznesdagi muvaffaqiyatli faoliyati va keng imkoniyatlariga qaramay, o‘ziga boshqacha yo‘l kerakligini his qildi. Ukalari yakka albomlar chiqarib, jamoatchilik oldida faol bo‘layotgan bir paytda, u uy-joy qurish va blogerlar uchun homiylar topish kompaniyasini hamda Yood nomli ovqat buyurtma qilish ilovasini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda katta Jonas asosan biznes bilan shug‘ullanmoqda va paparatssilar e’tiboridan chetda yurishni afzal ko‘radi.
Rik Moranis
Moranis “Arvoh ovchilari”, “Azizim, biz kichrayib qoldik” filmlari va “Flintstounlar” serialining kino talqini bilan mashhur. Biroq 1997-yilda aktyor vaqtini farzandlariga bag‘ishlash maqsadida kinodan ketishga qaror qildi.
Deniel Dey-Lyuis
Dey-Lyuis ko‘plab mashhur filmlarda rol ijro etgan va hatto “Mening chap oyog‘im”, “Neft” va “Linkoln” filmlaridagi rollari uchun eng yaxshi erkak aktyor nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Biroq keyinchalik jamoatchilik e’tibori aktyorni toliqtirdi va u oddiy hayot kechirishga qaror qildi. U Irlandiyadan uy sotib oldi, duradgorlik bilan shug‘ullana boshladi va etikdo‘zlik hunarini o‘rgandi.
Izoh (0)