Surxondaryo viloyatida Gentra betonga urilishi oqibatida 4 nafar 19 yoshli sinfdoshlar halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, holat viloyatning Oltinsoy tumanida sodir bo‘lgan. 2006-yilda tug‘ilgan yigit haydovchilik guvohnomasi va tajribaga ega bo‘lmasdan turib avtomashina boshqargan. U 4 nafar sinfdoshi bilan harakatlangan.
Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida beton to‘siqqa urilgan. Hodisa sabab 4 nafar yigit halok bo‘lgan.
“Mashinani egasi yuvib kel deb bergan edi. Balloni yorilib ketdimi, rul bir tomonga ketib qoldi”, deydi rulda bo‘lgan yigit.
[telegram_embed_post link="https://t.me/millar_milliy/8999'"]
Bu kabi holat avval ham Surxondaryoda sodir bo‘lgan edi. Sariosiyo tumanida ikki avtomobil to‘qnashishidan 19 yoshli uch sinfdosh vafot etgan.
Namanganda esa ikki sinfdosh ijaraga olingan mashinada YTHga uchragandi.
25-may kuni Namanganda Nexia-3 YTHga uchrab, haydovchisi bilan birga yonib ketgandi. Farg‘onada Nexia haydovchisi bosib ketgan velosipeddagi 12 yoshli bola vafot etdi. Haydovchi uch yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 10-mayda Toshkent viloyati Bekobod tumanida Damas “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani bosib ketdi.
Izoh (0)