Filmlarda birga o‘ynagan ayrim aktyor va aktrisalar hayotda ham do‘st bo‘lib qolgan. Quyida munosabatlari ekranda boshlanib, hayotda ham davom etgan yulduzli juftliklar haqida so‘z boradi.

Sofi Tyorner va Meysi Uilyams
Sofi va Meysi “Taxtlar o‘yini” seriali orqali tanilgan. Ular serialda opa-singil rolini o‘ynashgan, lekin aslida ham birga katta bo‘lgan. Ular orasida atigi bir yil farq bor, shuning uchun juda yaqin bo‘lgan.
U mening eng yaqin do‘stim edi, hamma sirlarimni unga aytardim, degan Sofi.
Ular bu davrni unutilmas qilish uchun, rollarga tasdiqlangan sanani tatuirovka qilib olgan.


Kamila Mendes, Lili Reynxart va Medelin Petsh
“Riverdeyl” serialida bu uch aktrisa dugonalar obrazida chiqqan. Dastlab ularni faqat kasblari birlashtirgan, lekin keyinchalik chin do‘stga aylanishgan.
Hozir men, Medelin va Lili avvalgidan ham yaqinmiz. Ular menga juda qadrli, degan Kamila.
Ular hali ham birga uchrashib turadi, bayramlarda ishtirok etadi va muxlislar uchun qiziqarli kospileylar qiladi.

Tobi Maguayr va Leonardo Di Kaprio

Leonardo Di Kaprio va Tobi Maguayr uzoq vaqtdan buyon do‘st. Qolgan aktyorlar hali bu darajaga yetmagan. Ular 12 yoshlarida tanishgan. Birinchi marta kastingda ko‘rishgan, keyin esa “Bu bolaning hayoti” filmida bir-birlariga raqib bo‘lib rol o‘ynagan. Biroq oralarida do‘stlik kuchayib, keyinchalik birgalikda bir loyihada ishlashga qaror qilgan. Bu hamkorlikdan “Buyuk Getsbi” filmi dunyoga kelgan.
Timoti Shalame va Zendaya

Timoti va Zendaya 2019-yilda “Dyuna” filmini suratga olayotganda tanishgan. Ekranda ular bir biriga shu darajada mos tushishdiki, muxlislar ularni juftlik deb o‘ylay boshlashgan. Ammo ular doimo faqat do‘st bo‘lib qolgan.
Ularning do‘stligi ham sinovdan o‘tgan: bir safar Zendaya Timotining Nyu Yorkdagi uyini jihozlashga yordam bergan.
Hammasi tartibli bo‘lishi kerak edi — piyola, likopcha, qoshiq-pichoq, yuvish vositalari… Bir kishiga nima kerak bo‘lsa, hammasini oldik, degan edi Zendaya.
Zendaya hatto unga matras ham olib bergan.
Ariana Grande va Sintiya Erivo

Ariana va Sintiya “Yovuz: G‘arb jodugarining ertagi” filmi orqali tanishgan. Avvaldan bir-birlari haqida eshitgan bo‘lsa-da, chinakam do‘stlik suratga olish vaqtida boshlangan.
U men uchun opamdek bo‘lib qoldi. Bir-birimizda kerakli hamma narsa borligini his qildik, degan Ariana.
Sintiya ham bu fikrga qo‘shilgan:
Uyimda polga o‘tirib, uch soat davomida gaplashdik. Hayot, san’at, hamma narsa haqida, deb eslagan u.
Rayan Reynolds va Xyu Jekman

Rayan va Xyu 2008-yilda “Rossomaxa” filmida tanishishgan. O‘shanda Xyu yangi rolga kirishayotgan Rayanga yordam bergan. Shundan beri ular do‘st bo‘lib qolishgan. Ular tez-tez qizil yo‘laklarda va shaxsiy hayotda uchrashib turishadi.
2024-yilda Rayan eski do‘stini yana rolga qaytarishga ko‘ndirdi. Chunki bunga faqat u erisha olardi.
O‘ylaymanki, uzoq davom etadigan do‘stlikning siri — oilaviy munosabatlardagidek. Kerakli maslahatlarni bir-birimizdan olamiz, degan Rayan.
Izoh (0)